Bu insonni körganimizda özbek milliyligi, urf-odatlarimiz köz oldimizga keladi. Ustoz-şogird an'analarining davomçisi – Tursunali polvon Mamajonov kuni keça tahririyatimiz mehmoni böldi.
– Tursunali aka, sizni yirik tadbirlarda muntazam körib turardik. Ammo oxirgi paytlar kamnamo bölib qoldingiz. Milliyligimiz tarğibotçisi bölgan Tursunali Polvon bugun nimalar bilan band?
– 2016 yilda Farğona va Samarqand kabi viloyatlarda hayvonot boğlari taşkil qiliş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori çiqdi. Viloyatimiz hokimi şu yilning özidayoq bu işni amalga oşirdi va 2016 yilning dekabr oyida boğ foydalanişga topşirildi. Şu hayvonot boğiga meni boş qilib qöyişgan. Şundan beri bir joyga boğlanib qoldim.
Endi, hayvonot olamiga bir kirib ketsangiz çiqiş qiyin ekan. Hayvonlar ham farzandingizday bölib qolarkan-da. Tört gektar yerimizga yana bir gektar qöşimça yerni obod qilyapmiz va bu maydon tölaligiça volerlardan iborat. Juda noyob hayvonlarimiz bor. Bular yirik albinos böğma ilon, qora laylak, zebra, jirafa kabilardir.
Odamlarimizning qiziqişi yaxşi. Boğimiz töla-tökis davlat ta'minotida, tuşgan mablağlarni rivojlanişga sarflaymiz. Bundan taşqari, özimning ikkita köçma hayvonot boğim bor, öğillarim işlatişadi.
– Toş öynatib turibsizmi?

– Sal qöpolroq va hazil tarzida aytsam, öynaşdan qolganim yöq. Albatta, toşni biz yoşligimizdan muntazam öynab keldik, bu odatni taşlay olmaymiz. Nevaralarim 25 nafar bölsa, qizlarimdan taşqari 17 nafar nabiram işimizni davom ettiryapti, 5-6 nafari polvon, dorboz. Hali gödak bölgan çevaralarim ham kiçkina-kiçkina toşlarni öynatib, «Men polvonman», deyişadi.
Şu paytga qadar mingdan ortiq kişi mendan şogirdlikka olişni söragan bölsa, yuz nafarçasi davom ettirib ketdi. Taşlab ketganlarning köpçiligi tirikçilik taşvişida bölişdi, oğir sinovlarga çiday olişmadi. Qozoğistonda, Qirğizistonda, Tojikistonda şogirdlarim bor. Özimizda yaşagan turk birodarlarimizdan şogird tuşgan polvonlar bugungi kunda Turkiyada yaşab yurişibdi.
Polvonlikka-ku şogird tuşsa böladi, lekin dorbozlik ança murakkab. Sababi, biz bolalarni 1,5 yoşidan dorbozlikka örgatamiz. Çunki 2 yoşida qörquv hissi şakllanadi. Bolaligidan dorda yurgan bola keyinçalik ham yerda yurgandek yuraveradi.














