Forbes`ning yozişiça, bu – talabaning öqiş davomida Qöşma Ştatlarda bölişi muddatini qisqartiradigan yangi qoida joriy etilayotgan bilan boğliq.
Amaldagi tartibga binoan, talaba AQŞ hududiga kelganidan keyin to öqişini tugatgunça undan heç qanaqa qöşimça ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Körib çiqilayotgan taklifga asosan esa, talabaning AQŞda qolişi uçun maksimum muddat qonuniy tarzda belgilab qöyiladi.
Maksimum muddatning belgilab qöyilişi talabalar uçun noaniqliklarni köpaytiradi. Endi ular öqişning boşqa bosqiçiga ötişsa, aytaylik, bakalavriatdan magistraturaga ötişgani uçun yangi ruxsatnoma olişlariga töğri keladi.
Yoki öquv yili kutilganidan uzoqroq çözilib ketsa ham, ruxsatnomani yangilaşga töğri keladi.
Ta'lim taşkilotlaridan olingan sörov natijalariga köra, AQŞda qoliş muddatini çözdiriş talabaga har safar ortiqça 1 500 dollar yoki undan köproqqa tuşişi mumkin.
Qöşimçasiga, talabalar USCIS (AQŞ Fuqarolik va migratsiya xizmatlari taşkiloti) tomonidan qoliş muddatini çözişga doir talablarining rad etilişi holatlariga ham duç kelişlari mumkin.
Masalan, hozir aynan şu muammo H-1B vizasiga ega xorijliklar bilan tez-tez kuzatilyapti. Bu viza AQŞda 3 yil işlaş huquqini beradi va uning muddatini yana 3yilga çözdiriş mumkin. Ammo muddatni çözdiriş uçun berilgan arizalarning rad etilişi holatlari köpayib boryapti.
Öz navbatida, ta'lim taşkilotlari va tahlilçilar oxirgi paytlarda Qöşma Ştatlarda xalqaro talabalar foizining kamaygani uçun migratsiyani çeklaş siyosatini yuritayotgan Trampni ayblaşyapti. Çunki yangi qoidalar talabalar uçun xarajatlarni köpaytiradi, bu esa öz navbatidan xorijdan Amerikaga studentlar oqimini pasaytiradi.
Boz ustiga, USCIS ham juda köp talabaning qoliş muddatini çözdiriş talabini birday qondira olmasligi ehtimoldan yiroq emas. Natijada talaba muddatni uzaytiriş uçun hatto bir yil oldindan harakat boşlaşiga töğri kelişi mumkin.
Agar talaba muddatni uzaytiriş arizasini töldirsa-yu, biroq USCIS uni vaqtida körib çiqişga ulgurmasa, unda talaba to davlatni tark etguniça yana qator muammolarga yöliqişi mumkin.












