O‘zbekiston | 12:00 / 27.03.2020
10049
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonada 41 million dollarga teng oziq-ovqat ichki bozorga chiqarilmoqda

Foto: KUN.UZ

Bojxona omborlarida qariyb 41 million AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bu xaqda DBQ axborot xizmati xabar bergan. 

Joriy yilning 26 mart holatiga ko‘ra, bojxona omborlarida jami 40,8 million dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu mahsulotlar bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng, qisqa muddatlarda ichki bozorga yo‘naltiriladi, deb xabar bergan Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati. 

Ta'kidlanishicha, bojxona omborida rasmiylashtiruvga qaratilgan mahsulotlar orasida 2 ming 700 tonna kungaboqar yog‘i, 5 ming 300 tonna un,  70 ming 600 tonna bug‘doy, 2 ming 600 tonna go‘sht,  2 ming 400 tonna shakar va 414,9 tonna makaron hamda boshqa mahsulotlar mavjud. 

Bojxona ma'lumotiga ko‘ra, omborda sut mahsulotlari, banan, quruq choy, konservalangan sabzavotlar, bolalar ovqatlari, vafli va pechenelar, baliq, biologik qo‘shimchalar, margarin, palma yog‘i, shokolad va boshqalar saqlanmoqda.

Алишер Рўзиохунов
Tayyorlagan Алишер Рўзиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid