Hisobotda keltirilishicha, Tojikistonda koronavirus yuqtirgan 13 600 nafardan 43 500 nafargacha bo‘lgan bemorlar jonlantirish bo‘limiga yotqizilishi mumkin. 6 600 nafardan 21 000 nafargacha bemor virus keltirib chiqaradigan kasallik tufayli vafot etishi taxmin qilingan.

Loyihada Jahon banki Tojikiston hukumatiga aholini koronavirus talafotlaridan asrash uchun dori-darmonlarsiz kurashda quyidagi tavsiyalarni taklif qilgan:

  • Covid-19 ’ga chalinganda uyda o‘z o‘zini ihotalash;
  • uyda ixtiyoriy karantinda o‘tirish;
  • aholi uchun ijtimoiy masofa joriy qilish;
  • eng zaif guruh – 70 yoshdan oshgan keksalarning uydan mutlaqo chiqmasligini ta'minlash;
  • maktab, bog‘chalar hamda o‘rta va oliy ta'lim muassalarini vaqtincha yopish.

«Hukumat tomonidan turli karantin choralarining joriy qilinishi infeksiya keng tarqalishi oldini oladi hamda kasallikka chalinganlarning o‘ta og‘ir holatga tushishi va o‘lim holatlarini 49 foizga kamaytiradi.

70 yoshdan oshgan odamlar uydan chiqmasligi, boshqalarning ham ixtiyoriy karantinda o‘tirishi virus keskin tarqalishining oldini olishi jahon tajribasida isbotlangan. Tojikiston ham shuning uchun karantin choralarini qo‘llashi kerak.

Tojikistonda koronavirusning og‘ir turi bilan kasallanish va u tufayli sodir bo‘ladigan o‘limning ehtimoliy soniga kelsak, hukumat tomonidan karantin choralari joriy qilinishi o‘lim sonini 6 600-21 300dan 3 200-10 300gacha kamaytirishi mumkin», deyilgan Jahon banki tahlilchilari xulosasida.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki direktorlar kengashi joriy yilning aprel oyi boshida xalqaro rivojlanish uyushmasi mablag‘lari hisobidan Tojikistonga 11,3 million AQSh dollari miqdorida grant ajratishni ma'qullagan.

Tojikiston rasmiylari malakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bo‘lgan ilk holatni 30 aprel kuni, malakat bosh vaziri Qohir Rasulzoda raisligida o‘tgan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika komissiyasining favqulodda yig‘ilishida ma'lum qilishdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2 may holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan 76 nafar bemor qayd etilgan, 2 kishi vafot etgan. Vazirlikk ma'lumotlariga ko‘ra, 1 fevraldan 30 aprelgacha Tojikistonda 10 937 nafar tojikistonlik va xorijlik shaxslar karantinga olingan.