Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi kurashga 441 mln yevro ajratadi
4 may kuni onlayn-rejimda o‘tkaziladigan donorlar konferensiyasida koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun 7,5 mlrd yevro yig‘ish mo‘ljallangan
Buyuk Britaniya donorlar konferensiyasi doirasida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashga 388 mln funt sterling (441 mln yevro) ajratadi. Bu haqda bosh vazir Boris Jonsonning devonxonasi ma'lum qildi.
4 may kuni onlayn-rejimda o‘tkaziladigan donorlar konferensiyasida koronavirusga qarshi vaksina yaratish uchun 7,5 mlrd yevro yig‘ish mo‘ljallangan.
"U dunyoning har bir burchagida adolatli va arzon narxda sotilishi zarur", deb ta'kidladi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen.
Konferensiyada YeIdan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Melinda va Bill Geyts fondi, Welcome Trust xayriya jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilotlar ishtirok etadi.
Bugunga kelib dunyo bo‘yicha, 3,5 mln kishi koronavirusga chalindi, qariyb 250 ming kishi vafot etdi.
Ayni paytda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
08:49 / 21.05.2026