Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni rasman tasdiqlanganidan 10 marta ko‘proq bo‘lishi mumkinligi aytildi
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 166 mingdan ortiq bo‘lib, 6 993ta o‘lim holati qayd etilgan.
Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni rasman e'lon qilinayotganidan 10 marta ko‘proq bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Guardian Bonn universiteti tadqiqotchilariga tayanib.
Universitet olimlari mamlakatda eng yuqori darajadagi o‘lim ko‘rsatkichi qayd etilgan Gangelt shahridagi vaziyatni o‘rgandi. Tasodifan tanlab olingan 919 kishini tekshirgan ekspertlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Gangeltning 15 foizga yaqin aholisi koronavirusga chalingan.
Agarda bu ko‘rsatkich butun Germaniya aholisiga tatbiq etiladigan bo‘lsa, u holda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1,8 millionga yaqin bo‘ladi.
"Ko‘rinishidan sog‘lom bo‘lgan har qanday kishi o‘zi bilmagan holda virus tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Buni inobatga olish zarur", - dedi Bonn universiteti qoshidagi gigiyena va jamoat sog‘lig‘ini saqlash instituti rahbari Martin Eksner.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 166 mingdan ortiq bo‘lib, 6 993ta o‘lim holati qayd etilgan.
Shu bilan birga, mamlakatda keskin karantin choralari asta-sekin yumshatilmoqda. Maydoni 800 kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar, avtomobil va velosiped salonlari, kitob do‘konlari ochildi. 4 maydan maktablar va sartaroshxonalar ochildi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026