Hammasi ança jiddiyligi ma'lum böldi
«Inqiroz faqat kuçaymoqda, taxminlar esa bizning eng salbiy taxminlarimizdan ham yomonroq. Agar tibbiyot virusni bartaraf etmasa, köplab iqtisodiyotlar yanada kuçli jabr köradi», dedi XVJ direktori Kristalina Georgiyeva.
XVJ iqtisodçilari Ğarb karantinni yumşata boşlaganidan söng tuşkunlikka tuşdi. Aprel örtalarida ularning kelajakka işonçi söndi va jahon iqtisodiyoti bu yil 3 foizga pasayişini başorat qildi, ötgan yil kuzida ular iqtisodiyot uç foizga oşişini başorat qilgandi. Zamonaviy tarixda ilk marta prognoz şunday qisqa muddatda keskin özgardi.
«Iyunda prognozlarni yangilaymiz. Yomon xabarlar bölişi hozirdan aniq», - dedi Georgiyeva.
Kimga qiyin böladi?

Jahondagi işlab çiqariş va iste'mol hajmining yarmidan köpi töğri keladigan dunyoning eng yirik uç iqtisodiyoti tarixdagi eng jiddiy pasayişni boşidan keçirdi.
Xitoydagi iqtisodiy faollik yarim asr içida birinçi marta qisqardi. Yevroittifoq paydo bölganidan buyon bunday pasayişni boşidan keçirmagandi. AQŞ yölda qoqildi va ön yil davomidagi kötariliş nihoyasiga yetdi.
Amerikadagi işsizlik Buyuk tuşkunlik davridan buyon bölgan rekordlarni yangiladi.
Koronavirus avvalgi inqiroz - 2008-2009 yillardagi retsessiyadan keyingi jahon iqtisodiyoti tiklanişini töxtatib qöydi.
Ötgan safar dunyo pul siyosati – pul çop etiş orqali moliyaviy inqirozni yumşata olgandi. Bu safar esa hammasi jiddiy, çunki muammo pul yetişmasligida emas, balki virus va u bilan boğliq xarajat va çeklovlarda.
Karantindan keyin iqtisodiyotni yölga qöyiş uçun jahondagi barça mamlakatlar ğaznasidan qöşimça 9 trln dollar ajratişga va'da bergan, dedi Georgiyeva.
Bunça pul heç kimda yöq, uni qarzga olişga töğri keladi. Bu qarzlarni esa kelajak avlod qattiq mehnat, oşirilgan soliqlar yoki inflatsiya orqali tölaşiga töğri keladi.


















