AQSh Xalqaro jinoyat sudi mansabdorlariga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
Farmonga muvofiq, davlat departamenti va adliya vazirligi XJSning sanksiyaga tushgan amaldorlarining AQSh hududidagi moliyaviy aktivlarini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular AQSh hududidagi kira olmaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp davlat departamenti va moliya vazirligiga Xalqaro jinoyat sudi (XJS) mansabdorlari hamda AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan surishtiruv o‘tkazadigan har qanday jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish vakolatini beruvchi farmonga imzo chekdi.
Sanksiyalar xususan, AQShning Afg‘onistondagi harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlarida qatnashayotgan XJSning yuqori lavozimdagi amaldorlariga nisbatan joriy etiladi.
"XJS AQShga nisbatan o‘zining jiddiy korrupsion tarkibdan iborat siyosiy maqsaddagi surishtiruvlarini davom ettirmoqda", deya qayd etilgan Oq uy tomonidan.
Farmonga muvofiq, davlat departamenti va adliya vazirligi XJSning sanksiyaga tushgan amaldorlarining AQSh hududidagi moliyaviy aktivlarini to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular AQSh hududidagi kira olmaydi.
Xalqaro jinoyat sudida mingga yaqin xodim faoliyat ko‘rsatadi, ularning necha nafariga nisbatan sanksiya kiritilishi hozircha aniq emas.
Mavzuga oid
14:12
AQSh hukumati RT telekanalini Rossiya razvedkasi uchun ishlaganlikda aybladi
23:06 / 13.09.2024
Trampning Ukrainadagi tinchlik rejasi nimalardan iborat ekani aytildi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
13:51 / 13.09.2024