«Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatida oxirgi 14 kun içida bölib turgan va Özbekistonga kirib kelgan şaxslar karantin nazoratiga olinmaydi.
Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan kelgan şaxslar 14 kun davomida uy karantiniga olinadi, qolgan boşqa davlatlardan Özbekistonga kirib kelgan şaxslar esa 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi», deya Botir Qurbonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 apreldagi «Özbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini olişga doir qöşimça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida xorijiy mamlakatlarda bölib qaytgan va 14 kun karantin markazida saqlangan fuqarolar karantin markazidan çiqarilgandan söng ular töğrisida yaşaş joylaridagi poliklinikalarga axborot berilişi xamda karantinga olingan şaxslar ustidan keyingi 10 kun davomida yaşaş joyidagi poliklinika şifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv örnatilişi belgilangan.
Botir Qurbonov, şuningdek, taşkilotlarda ötkaziladigan majlislarda xodimlar qanday qoidalarga rioya etişlari kerakligini ham eslatib ötdi.
«Barça hududlarda (ularning toifasidan qat'i nazar) ijtimoiy masofani saqlaş, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravişda foydalanişi va niqob taqişi şart.
Dunyo olimlari tomonidan ötkazilayotgan tajribalar niqob koronavirusdan ximoyalanişda asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda», deydi u.












