«Eng katta muammomiz – suvdan notöğri foydalanişimiz». Toşkent şahar suv ta'minoti mutaxassisi bilan suhbat
|21:27 / 09.07.202018 69210 min
Toşkent şahri içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoği böyiça Özbekiston miqyosida eng yaxşi şaroitga ega bölsa-da, poytaxtda ham bu borada muammolar talaygina.
«Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ boşqarma boşliği Abduqodir Alimov bilan Bözsuv oqova suv inşootida keçgan suhbatimizda Toşkentdagi içimlik va oqova suv ta'minotining bugungi kun holati, iste'molçilik madaniyati, bu sohada qilinayotgan işlar va mavjud muammolar haqida söz bordi.
«Bözsuv oqova suv inşooti» Toşkent şahrining 5ta tumani – Yunusobod, Olmazor, Şayxontohur, Çilonzor, Uçtepa tumanlariga xizmat körsatadi. Bu tumanlarda şakllangan oqova suvlar şu maskanga oqib keladi. Şu yerda uç bosqiçli tozalaşdan ötib, laboratoriya tekşiruvlaridan söng Quyi Bözsuv kanaliga qaytariladi.
Özbekiston böyiça toza içimlik suvi bilan ta'minlaniş 86 foiz, oqova suv ta'minoti esa atigi 17 foizni taşkil qiladi. Sohada qilinadigan işlar juda köp.
Bot-bot savol berişadi: oqova suv tozalanib, yana içimlik suvi sifatida işlatiladimi? Suv muammo bölgan rivojlangan davlatlarda bunday amaliyot bor. Özbekistonimizda, şukrki, bunga ehtiyoj yöq. Sersuv ölka bu. Oqova suvni içimlik suvi sifatida qayta işlatişga hojat yöq. Bizda yetkazilayotgan suvning 6-7 foizigina içimlik suvi sifatida foydalaniladi. Qolgan 93-94 foizi irrigatsiya maqsadlarida işlatiladi», – deydi Abduqodir Alimov.
– Biz körib turgan uşbu inşoot ayni kun talabiga qançalik javob beradi?
– Toşkent şahrini içimlik suvi bilan ta'minlaş darajasi 99,7 foizni taşkil qiladigan bölsa, oqova, ya'ni kanalizatsiya bilan qamrab oliş darajasi 92 foizni taşkil qiladi. Demak, Toşkent şahrini kanalizatsiya bilan 100 foiz ta'minlaş 308 km oqova suv tarmoği qurilişi bilan boğliq.
Ayni paytda Toşkent şahrida 7ta oqova suv inşooti bor. Asosiy suv «Qodiriya» va «Qibray» inşootlari hissasiga töğri keladi. Toşkent şahriga bir kunda 2 mln 100 ming kub suv beramiz. Bu katta hajm. Qolaversa, oxirgi paytlarda suvga bölgan talab oşmoqda. Biz bu resurslarni köpaytirişimiz mumkin, lekin içki resurslarni qayta işlaş kerak. 2019 yili suv yetkaziş 92 ming kubga kamaytirildi. Buning uçun yangi texnologiyalarni qöllaşimiz kerak.
Abduqodir Alimov
Biz içimlik suvining bosimini nazorat qila boşladik. Bilasiz, içimlik suviga bölgan talab kun mobaynida özgarib turadi. Ya'ni ertalab boşqaça, keçqurun va tungi paytlarda boşqaça böladi. Biz kerakli bosimni berişni avtomatlaştirdik. Bu natijaga suv quvurlarining içidagi bosimni nazorat qiliş bilan erişdik.
Mavzuga oid
Narx masalasiga kelsak, hozirgi vaqtda bir kub suv 1100 sömni taşkil qiladi. Bu sanoat korxonalari uçun belgilangan narx.
– Bu 1100 söm qanday taşkil topgan? Narx nimadan şakllanadi?
– Bu narx asosan katta korxonalarga töğri keladi. Aholi uçun 760 söm. Ming litr suv 330 söm, 100 söm ustamasi bilan 430 söm. Bu ustama Toşkent şahar hokimining qarori bilan belgilangan bölib, respublika böyiça içimlik va oqova-suv tarmoqlarini rivojlantiriş fondiga yiğiladi hamda kapital ta'mirlaş, quvurlarni yangilaş maqsadlarida işlatiladi.
Demak, iste'molçi 330 sömga suv sotib oladi va 100 söm qöşiladi hamda işlatilgan 1000 litr suvni oqovaga yönaltiriş uçun 330 söm – jami 760 söm sarflaydi.
– Suvni behuda sarflaş, köçalarda oqib turişi kabi holatlarni kuzatamiz. Aholini suv sarfi va uni tejaşga örgatiş böyiça qanday işlar qilinmoqda?
– Oxirgi paytlarda iqlim özgarişi katta muammo bölib kelmoqda. Bu bilan suvga bölgan talab ham oşmoqda. Bu özgarişlarning oldini oliş, suvdan oqilona foydalaniş masalasi öşa Orol dengizining qurişi bilan boşlangan. Tarğibot-taşviqotlar öşa paytdan hozirgaça qilib kelinyapti. Lekin samarasi biz kutgançalik bölmayapti.
– Balki tarğibotga qandaydir jazo çoralarini ham qöşiş kerakdir?
– Jazo çoralarini qöllaşimiz mumkin. Ammo qonunçiligimizda alohida bir me'yor yöq. Mana, kunlar ham isib ketdi, bunday issiqda har bir xonadonda hovuzlar paydo bölyapti, bu yildan yilga köpaymoqda. Hovuzga solingan suv 3-5 kun içida almaştirib turiladi. 40 kub metr suvni ikki-uç marta suzib bölgaç, taşlab yuboriş bu – katta isrof.
Bundan taşqari, hovliga suv sepiş masalasi. Bu ham iste'molning köpayişiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda kişi boşiga bir kunlik iste'mol 100-120 litr hisoblansa, Toşkent şahrida 250-300 litrgaça bölib ketadi.
Birgina suğoriş tizimini oladigan bölsak, bu tizim juda orqada va eskirgan tizimligini köriş mumkin. Quriliş qilişda oqova ariqlar hisobga olinmasligi, drenaj tizimi öta yomonligi ham katta muammo.
– Aholining köpayişi bilan suvga bölgan talab va infratuzilmaga tuşadigan yuklama ham ortadi. Şu şaroitda suv yetkazişda uzilişlar va turli avariyalar bölmasligining oldini oliş uçun qanday işlar qilinyapti?
– Darhaqiqat, bugungi kunda Toşkent şahri ham içki, ham taşqi tomondan ança kengayişni boşladi. Bugungi kunda inşootlarimizda zaxira yetarli darajada.
Hozirgi paytda Toşkent şahriga 2,1 mln kub suv yetkazib beryapmiz va bu hajmni 2,3 mln kubgaça yetkaza olamiz. Nazorat datçiklarini örnatganimizdan keyin quvurlarga kerakli suvni taşlaymiz. Ortiqçasi qoladi va bu bilan suv hajmini boşqarişga erişamiz.
Muammoli holatlarning oldini oliş uçun 2010 yilda Osiyo taraqqiyot banki bilan 10 mln dollarlik şartnoma tuzib, kerakli zamonaviy texnologiyalarni örnatganmiz. Birgina «Tashkent city» quriliş obektini oladigan bölsak, eng katta ikki tomonlama quvur liniyalarini örnatganmiz. Birida nosozlik aniqlansa, ikkinçisi ulanadi.
Qolaversa suvning sifatini har doim nazorat qiliş uçun Sanitariya-epidemiologik nazorat markazi bilan har kuni ölçam nazoratlarini olib boramiz.
– Suvni işlatiş quvvati özgarsa, nimalar qilinadi?
– Toşkent şahridagi quvur liniyalari örgimçak töri kabi bir-biriga ulanib ketgan. Bu quvur içidagi bosimni kerakli texnologiya bilan uşlab turibmiz. Bu paytda özgariş bölmaydi. Bundan taşqari, hamma eski quvurlarni almaştiriş kerak, degani ham notöğri tuşunça. Biz yangi texnologiyalarni sotib oldik va endilikda yerni qazimasdan turib eski quvurlarni almaştiriş, ta'mirlaş işlarini olib bora olamiz.
– Bilasiz, katta korxonalar katta iste'molçi hisoblanadi. Bir mahalla işlatadigan suvni bir korxona yoki zavod işlatib yuborişi mumkin. Ular işlatgan suv tozalanmasdan oqizib yuborilişi ekologiyaga jiddiy zarar keltiryapti.
– Buning uçun «Suvoqova» va Ekologiya qömitasi bilan birgalikda joylarda örganişlar olib borganmiz. Korxonalar uçun suvdan foydalaniş soliği aholinikiga nisbatan köp. Lekin bu korxonalardan çiqayotgan oqova suvlar juda zaharli va zararli. Ayrim holatlarda uni tozalamasdan, oçiqdan oçiq ariqlarga taşlab yuboriş holatlari ham kuzatilyapti. Bularga irrigatsiyaning rivojlanmagani, e'tiborsiz qoldirilayotgani sabab bölmoqda.
Birgina Toşkent şahriga bir kunda 2 mln 100 ming kub metr suv yuborsak, 1 mln 500 ming kub metr oqova suvni qaytarib olamiz.
– Sovet davrida qurilgan inşootlar hozirgi talablarga javob bermaydi, degan gaplarga izoh bersangiz.
– Bu borada asosan irrigatsiya tizimiga alohida urğu berişimiz kerak. Çunki quvurlarni, suv hisoblagiçlarni örnida qöllasak, iste'mol ham yaxşilanadi. Suv hisoblagiçi bölganidan keyin iste'molçi suvni tejab işlatadi. Bu bilan biz ortiqça suvni sarflamaymiz va kunlik 2 mln 100 ming kub metrni ham kamaytirişimiz mumkin.
Quvurlarning siğimiga keladigan bölsak, ötgan asrning 50-60-yillarida yotqizilgan quvurlar hozirgi holatni inobatga olingan holda yotqizilgan.
– Köçalarda suğoriş maqsadida tonnalab suvni bebiliska işlatib yuboryapmiz. Bu katta muammo.
– Albatta, bunday holatlarni juda köp köramiz. Lekin hamma joyda emas. Rivojlangan, markaziy köçalarda bunday holatlarni kuzatmasligimiz mumkin, ammo eski texnologiya bilan qolib ketgan suv inşootlarimizda bunday holatlarga doimiy ravişda duç kelamiz. Biz aynan suğoriş tizimida işlaydigan xodimlarning mas'uliyatini oşirişimiz kerak.
– Şu sohada sizni qiynab kelayotgan muammolar? Imkoni bölganida birinçi navbatda qanday işlarni amalga oşirişimiz kerak?
– Eng katta muammomiz – suvdan notöğri foydalanişimiz. Agar iste'molçilarimiz suvdan töğri foydalanişsa, qadriga yetişsa yaxşi bölar edi.
Qolaversa, ayrim korxonalarda özining işlab çiqariş oqovasini yetarli tarzda tozalaşga bölgan intiliş yöq. Yetarli texnologiyasi böla turib, öz oqovasini tozalamaydi va bizning texnologiyamizga zarar yetkazadi. Biz bu holatlar böyiça jarimani qöllagan taqdirimizda ham yetkazilgan zararni oqlay olmaymiz. Şu jarayonning öz qonun-qoidalarini tartibga soliş uçun deputatlarimizga ham murojaat qilganmiz.
Ayrim tadbirkorlik sub'yektlarining iqtisodga, xalqqa foydasi tegayotgandir balki, ammo ekologiya va taşqi muhitga ançagina zarar yetkazmoqda. Misol uçun, Bektemir tumanida şunaqangi korxonalar mavjudki, ulardan çiqayotgan badböy hidga çidab bölmaydi. Bizda mavjud inşootlar öşa korxonalardan çiqayotgan zararli moddalarni tozalay olişga qurbi yetmaydi.
Mana şunday ekologik muammolarning oldini oliş uçun har birimiz e'tibor va mas'uliyat bilan qaraşimiz kerak. Qonunlarni oçiqçasiga buzib, ekologiyaga ulkan zarar yetkazayotganlarga qarşi kuraşişda bizga siz jurnalistlar, blogerlar yordam bersangiz edi.