Qonun loyihasi Prezidentning 02.08.2019 yildagi “Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida” PQ-4412-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.
 
Norma’ning yozişiça, mazkur hujjatning asosiy maqsadi - majburiy suğurta turlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, ularning umumiy tamoyillarini belgilaşdan iborat. Loyiha Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça tölovlarni kafolatlaş jamğarmasi tomonidan tayyorlangan.
 
Qonun loyihasi 39 ta moddadan iborat, ular suğurtaning quyidagi jihatlarini oçib beriş va tartibga solişga qaratilgan:

• asosiy tuşunçalar;
• majburiy suğurta turlari va uning asosiy tamoyillari;
• majburiy suğurta turlari sub'yektlarining huquqlari, majburiyatlari;
• majburiy suğurta turlarini amalga oşiriş şartlari va tartibi;
• majburiy suğurta şartnomasini tuziş;
• zararlar (ziyon, şikast)ni kompensatsiya qilişni kafolatlaş mexanizmlari;
• majburiy suğurta şartnomalarini tuziş ustidan nazorat qiliş;
• majburiy suğurta turlari böyiça yagona axborot tizimini şakllantiriş va yuritiş;
• majburiy suğurta fondini şakllantiriş;
• majburiy suğurta böyiça suğurta ta'riflarini davlat tomonidan tartibga soliş.
 
Bunda şuni inobatga oliş lozimki, ba'zi majburiy suğurta turlari böyiça aniq qonunlar mavjud:

• “Iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisida”;
• “Taşuvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisida”;
• “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş töğrisida”.

Ularda majburiy suğurtaning mazkur sohalarida munosabatlarni tartibga soliş normalari va mexanizmlari yozilgan.
 
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.