Respublikada tabiiy yuza suvlar ifloslanişi holati kuzatuvlari «Özgidromet»ning Ifloslaniş monitoringi xizmati tomonidan amalga oşiriladi. Şahar içidan oqib ötadigan yuza suvlarning ifloslaniş darajasini aniqlaş uçun şahardan yuqori va quyi joylarda kuzatuv punktlari örnatilgan. Kuzatuvlarga köra, Toşkent viloyatining eng ifloslangan kanallaridan biri Salordir.

Salor kanali 1902 yilda qurilgan, u Qibray tumanida boşlanadi va Toşkent şahri, Toşkent viloyati hududi orqali oqib ötadi. 

«Suvning harorati suv ötlarning ösişi, ortiqça biomassaning töplanişi, mikroorganizmlarning köpayişi, loyqa bilan tölib qolişiga olib kelmoqda. Bu jarayonlar uy joy-maişiy sektordan ifloslaniş tufayli kuçaymoqda va öz navbatida, suvda erigan kislorodning kamayişiga olib kelmoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, Salor kanalining yuqori stvoridagi suv xira, kul rang-yaşil rangda, tuproği loy-qumli, balçiqli. Gidrobiologik va gidrokimyoviy körsatkiçlarga köra, suvning sifati III sinf (örtaça ifloslangan suvlar)ga mos keladi, ekologik holati qoniqarli. 

«Salor kanalining quyi stvorlarida suv Toşkent va Yangiyöl şaharlarining organik sanoat va xöjalik-maişiy oqimlari bilan ifloslangan. Suvning rangi qora, muallaq balçiq zarralari yoki bakterial şilliq tufayli xira, öziga xos hidli, tuproğida qalin loyqa qatlamlar mavjud. Uşbu uçastkada suvning biologik tur tarkibi keskin qaşşoqlaşib, dastlabki daryo biotsenozlarining degradatsiyasi röy bermoqda, örtaça ifloslangan suvlar uçun xos bölgan turlar yöqolib, organik moddalar bilan ifloslangan suvlarda yaşaydigan va suvda erigan kislorod yetişmovçiligiga bardoş beradigan organizmlar rivojlanmoqda», - deydi «Özgidromet» ekspertlari.

Ta'kidlanişiça, Toşkent şahridan yuqorida joylaşgan stvor III — örtaça ifloslangan suvlar sinfiga mansub bölsa, Yangiyöl şahridan yuqorida joylaşgan stvor 2015, 2018 va 2019 yillarda III, 2016 va 2017 yillarda II — toza suvlar sinfiga mansub bölgan.

Salor kanalining Toşkent va Yangiyöl şaharlaridan quyi qismi gidrobiologik körsatkiçlar böyiça IV — ifloslangan suvlardan V — ifloslangan suvlargaça özgarib turadi. Ekologik holati — qoniqarsiz va yomon. Gidrokimyoviy körsatkiçlar böyiça 2020 yilning 9 oyi yakunlariga köra, kanalning Toşkent va Yangiyöl şaharlaridan quyidagi qismidagi suvlari V iflos suvlar toifasiga mansub, bu yerda fenol, neft mahsulotlari, ammoniyli va nitritli azot, şuningdek mis birikmalari böyiça ruxsat etilgan konsentratsiyalarning oşib ketgani kuzatilmoqda.