Samarqand davlat universiteti olimlari şamol energiya resurslari xaritasini işlab çiqdi. Bu xarita asosida şamol kuçli va köp kuzatiladigan hududlarda şamol parraklari orqali çekka hududlar aholisini elektr energiya bilan muntazam ta'minlaş, fermerlar uçun yer osti suvlarini tortib çiqariş, issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş mumkin.
«Samarqand viloyatidagi meteorologik stansiyalarning ma'lumotlari va biz örnatgan şamol ölçagiç asboblar ma'lumotlari asosida Samarqand viloyatining şamol energiya resurslari xaritasi tuzilgan. Unda şamol kuçli esadigan hududlar ajratilgan va ularning elektr beradigan şamol energiya resurslari körsatilgan. Hozir ham ikkita nuqtada, ya'ni Bulunğur tumani Eşmontöp qişloği va SamDU 9 qavatli binosi tomida, 40 metr balandlikda şamol tezligini ölçaydigan asboblar işlab turibdi», deyiladi universitet ma'lumotida.
Bu boradagi izlanişlar 2015 yilda universitet olimi A. Rahmatullayev rahbarligida, talabalar bilan birgalikda boşlangan. Bugunga qadar muntazam va kuçli esadigan şamol yönalişlari xaritasi takomillaştirib kelingan. Natijalarga köra, viloyat hududidagi Qarnab çölining deyarli hamma qismida yil davomida esadigan şamol resurslari bor. Şuningdek, öşa yili Samarqanddagi Çöponota hududida doimiy şamol yönalişlari aniqlangan. Bundan taşqari, Kattaqörğon suv ombori, Bulunğur, Qöşrabot va Payariq tumanlarida ham katta salohiyatga ega şamol yöllari aniqlangan. Mazkur hududlarning aksariyat qismida şamol 3,5-4 metr sekunddan yuqori tezlikda esadi.
Olimlar odatdagi şamol generatorlari şamol kuçi 3 metr sekund tezlikka yetganda samarali elektr energiya işlab çiqarişini ma'lum qilgan. 3,5-4 metr sekund şamol yöllarida esa şamol generatorlari bilan birga şamol elektr stansiyalari ham quriş mumkin. Bu energiya olişning arzon va ekologik toza usuli hisoblanadi.












