Sohalar rivojini uşbu tizimdagi fundamental va amaliy fan böyiça ilmiy tadqiqot işlari, innovatsion loyihalar hamda hayotga tatbiq etilayotgan ixtiro va kaşfiyotlar belgilab beradi. Xöş, bugungi kunda tibbiyotimizning ilmiy salohiyati qayd darajada? Joriy yilda qanday ilmiy tadqiqot işlari olib borilmoqda? Dunyo tibbiyoti e'tibor markazidagi Covid-19 infeksiyasi böyiça Özbekistonda ham ilmiy izlanişlar ketmoqdami? Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ayni şu savollarga vazirlik fanni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Akmal Siddiqovdan javob oldi.

— Ayni paytda mamlakatimizning tibbiyot sohasi böyiça ilmiy salohiyati haqida töxtalsangiz.

— Ayni paytda olimlarimiz tibbiyot sohasidagi dunyoning nufuzli konferensiya, anjumanlarida ma'ruzalar qilib, yirik ilmiy-ma'rifiy jurnallarda ilmiy iş va maqolalari bilan qatnaşib kelişmoqda.

Hozirgi kunda soğliqni saqlaş tizimida 8 nafar Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, 831 nafar fan doktori, 1 ming 600 nafardan ortiq fan nomzodlari faoliyat yuritib kelmoqda. Ular öz navbatida ta'lim muassasalari, ilmiy markaz va institutlarda işlab, tibbiyot sohasi rivojiga katta hissa qöşyapti. 

—  Butun dunyoda koronavirus infeksiyasini davolaş böyiça ilmiy izlanişlar olib borilmoqda. Özbekistonda ham bu borada ilmiy loyihalar bormi?

— Albatta, hozirda dunyodagi barça tibbiyot muassasalari, tabiiy fan yönalişidagi olim va professorlar koronavirus infeksiyasida samara beradigan dori vositalari yoki vaksina işlab çiqiş borasida ilmiy izlanişlar olib bormoqda. Özingizga ma'lum, ayrim mamlakatlar tajribalarini e'lon qilayotgan bölsa-da, hali-hanuz uzil-kesil ijobiy natijaga erişilgani yöq. Jumladan, Özbekistonda ham Covid-19 infeksiyasi böyiça 6ta ilmiy loyiha ustida iş olib borilmoqda. 

Xususan, «Koronavirus infeksiyasining tarqalişi va qayta kasallanişining epidemiologiyasi, prognozi va profilaktikasi», «Dalillarga asoslangan tibbiyot asosida Covid-19’ni etiotrop va patogenetik davolaşning yangi modelini işlab çiqiş» loyihalari şular jumlasidan. Bu loyihalar Covid-19 infeksiyasining inson organizmiga ta'sirini kamaytiriş va davolaşning samaradorligini oşirişga yönaltirilgan. 

—  Joriy yilda yana qanday ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda?

— Sönggi 10 yil içida ötkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga köra, soğliqni saqlaş tizimida ixtirolar va foydali modellar uçun 226ta patent hamda EHM dasturi uçun 186ta guvohnomalar olindi. Ilmiy markazlar va ta'lim muassasalari kuçlari bilan kardiojarrohlik, neyroxirurgiya, onkologiya, transplantologiya, travmatologiya va ortopediya, oftalmologiya, endokrinologiya va urologiya sohalarida yuqori texnologik jarrohlik aralaşuvlar işlab çiqildi.

Şuningdek, muşaklar-skelet tizimining sinişini va kasalliklarni davolaş, jarrohlik kasalliklar, ösmalar olib taşlanganidan keyin töqimalarni almaştiriş, tiş implantatsiyasi, fotosensibilizatsiyalangan taşxis qöyiş, davolaş va boşqalar uçun asboblar va ular uçun sarflanadigan materiallar yaratilgan bölib, ular uçun 100ga yaqin ixtirolarga talabnomalar topşirilib, patentlar olingan.

2018 yildan beri 1 ming 200 nafardan ortiq ilmiy xodim bilan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida jami 32,4 mlrd söm miqdoridagi ilmiy grant işlari bajarib kelinmoqda. Şuningdek, joriy yilda tibbiyot fanlari böyiça 164ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan bölib, şulardan 34ta doktorlik (DSc) va 130ta fan nomzodligi (PhD) işlari himoya qilindi. Ular asosida bir neça ixtiroga patent va EHM dasturlari uçun guvohnomalar olindi.

Xulosa qilib aytganda, ayni paytda Özbekistonda tibbiyot ilm-fan sohasini rivojlantiriş uçun ilmiy işlarni körib çiqiş va antiplagiat tizimda tekşiriş va unga xulosa beriş borasida yangiça mexanizmdan foydalanilmoqda.