Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtiruvchi tuzatishlar kiritildi
Qonun hujjatlariga turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtiruvchi tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Birinchi tuzatish – “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga. Yakka tartibdagi tadbirkorlar - hunarmandlar ko‘pi bilan 5 nafar shogirdni jalb qilishlari mumkin bo‘lgan shart bekor qilindi. Ularning soni endi cheklanmaydi.
Ikkinchisi – qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun yer qa'ri uchastkalari, jumladan sochma oltin konlarining eng yuqori o‘lchamlari 1 gektardan 5 gektargacha oshirildi. Tegishli o‘zgartirishlar “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunga kiritildi.
Uchinchisi - korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilayotganda o‘zlarining arxiv hujjatlarini endi davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirishga haqlidirlar. Bu “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan. Ilgari qonun bunday tanlov imkoniyatini taqdim etmagan – hujjatlar faqat davlat arxiviga topshirilgan.
Qonun 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026