Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida 1 trln so‘m ajratiladi
Prezident tomonidan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror imzolandi.
Norma’ning yozishicha, 2021 yilda respublika ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga 1 trln so‘m ajratilishi nazarda tutilgan:
- maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurishga;
- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalarni amalga oshirishga;
- to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalariga.
Xarajatlar quyidagi tartibda qoplanadi:
a) MIZ va KSZ hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlariga:
ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha – Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan;
elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha – tegishlicha ta'minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta'minotchi korxonalarga haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada 3 yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari hisobidan;
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha — ta'minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta'minotchi korxonalarning hamda tadbirkorlik sub'yektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar va tadbirlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (ta'mirlash) ishlari bo‘yicha – Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan.
Budjet ssudasi mablag‘lari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga hamda tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari uchun «Hududgazta'minot» AJga ajratiladi. MIZ va KSZ hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi. Maxsus komissiyaning ishchi organi etib Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasiga quyidagi vazifalar topshirildi:
2021-2022 yillarda maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlashga oid chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash;
2021 yil 1 aprelga qadar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida qiymati 250 mlrd so‘m miqdordan oshadigan xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.
Mavzuga oid
08:02 / 16.05.2026
Vetnam tarixidagi eng qimmat megaloyihaga qo‘l urmoqda
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026