Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar faoliyatining sanitariya qoidalariga mosligi bo‘yicha maxsus belgi beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya-epidemiologiya xizmatining nazorat faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi bo‘yicha “Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik belgisi”ni berish to‘g‘risidagi Nizom;
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha ma'muriy reglament;
Oziq-ovqat xomashyosi va iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini joriy qilish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
a) 2021 yil 1 aprelga qadar:
YaIDXPda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik belgisini berishning har bir bosqichida tadbirkorlik sub'yektlari murojaatlarining ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etishni;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan to‘lovlar, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar va yig‘imlarni Yagona billing tizimi orqali amalga oshirishni;
b) 2021 yil 1 mayga qadar:
oziq-ovqat xomashyosi va iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyatiga bog‘liq xavf-xatarni barvaqt aniqlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati natijasi bo‘yicha videoyozuvlar orqali qayd etilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari talablari buzilganligi bo‘yicha huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni to‘plovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushirishni;
markazlashtirilgan tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ushbu tizimni Sanitariya-epidemiologiya xizmatining “Ma'muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025