Daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazib olish uchun «O‘ztransgaz» bilan kelishgan holda litsenziya berilishi kerak – Senat
Cenatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida magistral daryo o‘zanlari va kanallardan qum va shag‘al qazib olish uchun litsenziya «O‘ztransgaz» bilan kelishilgan holda berilishi kerak ekani ta'kidlangan.
Yalpi majlisda iqtisodiy obektlar xavfsizligini ta'minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, bu borada hukumat tomonidan o‘rganish olib borilgan. Biroq senatorlar tomonidan parlament so‘rovida ko‘tarilgan ayrim masalalarning yechimiga yetarli darajada e'tibor qaratilmagani ta'kidlangan.
«Xususan, magistral gaz quvurlarining daryo o‘zanlari va kanallardan ochiq holatda kesib o‘tgan uchastkalari yaqinida tashkil etilgan noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari olib borilishi, ushbu hududlarda baxsiz hodisalar sodir bo‘lishiga, magistral gaz quvurlaridagi gaz oqimining avariya sabab to‘xtatilishiga va respublika miqyosida tabiiy gaz ta'minotining bir maromda yetkazib berilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari uchun tegishli vakolatli organlar tomonidan litsenziya berish ishlari «O‘ztransgaz» AJning hududiy bo‘linmalari bilan rasmiy kelishilgan holda tashkil qilish kerakligi hamda hukumat tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosining borishi to‘g‘risida 2022 yil 1 yanvarga qadar har yarim yilda Senatga ma'lumot taqdim etib borilishi bildirildi», deyiladi yuqori palata axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan xabarda.
Ta'kidlanishicha, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilingan.
Mavzuga oid
14:02 / 21.08.2024
2023 yilda “prava”si olib qo‘yilgan shaxslar takror YTH sodir etishi oqibatida 212 kishi halok bo‘lgan
19:00 / 19.08.2024
Gazlidagi kompressor stansiyasini kuz-qishga tayyorlash doirasida gaz turbinali dvigatellar o‘rnatildi
16:02 / 17.08.2024
O‘zbekiston bolalari taqdirida muhim qonun: bolani urish, tahqirlash, tilanchilikka jalb etish jazolanishga sabab bo‘ladi
15:45 / 17.08.2024