Yevropaning 18 kompaniyasi AQSh tahdidi sababli “Shimoliy oqim-2” loyihasidan chiqib ketdi
Yevropaning kamida 18 kompaniyasi AQShning sanksiyalar kiritish tahdidi sababli “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasidan chiqib ketdi. Bu haqda AQSh davlat departamentining kongressga bergan hisobotiga tayanib Der Tagesspiegel nemis nashri xabar berdi.
Avvalroq AQSh “Shimoliy oqim-2” ishtirokchilariga sanksiyalarni ko‘zda tutuvchi bir qator qonunlarni qabul qilgandi. Gap AQShning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi kurashish va Yevropa energetika xavfsizligi himoyasi haqidagi qonunlar to‘g‘risida bormoqda.
AQSh davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Ned Prays ta'kidlaganidek, 15dan ko‘proq yuridik shaxs gaz quvuri qurilishi bilan bog‘liq o‘z faoliyatini tugatish bo‘yicha sa'y-harakatlar amalga oshirdi.
“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri Rossiyadan Boltiq dengizi orqali Germaniyagacha gaz quvuri o‘tkazilishini nazarda tutadi. Loyiha deyarli o‘z poyoniga yetdi. Ammo AQSh o‘z tabiiy gazini Yevropaga yetkazishda ustunlikka erishish maqsadida ushbu loyihaga anchadan beri qarshi chiqib keladi.
Mavzuga oid
11:50
«Ryazan shakari» – Rossiyadagi shov-shuvli hodisa tarixi
23:07 / 14.09.2024
Ukraina o‘z ittifoqchilariga Rossiya hududidagi uzoq masofali raketalar uchun mo‘ljallangan nishonlar ro‘yxatini taqdim etdi - OAV
21:25 / 14.09.2024
Trampga suiqasddan so‘ng boshlangan tergov xavfsizlik bo‘yicha jiddiy kamchiliklarni aniqladi
20:57 / 14.09.2024