Sport | 21:31 / 17.03.2021
8800
4 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub eta oladimi? YeChL 1/8 final javob o‘yinlari oldidan

Bugun, 17 mart chorshanba oqshomidagi o‘yinlar bilan Chempionlar ligasi chorakfinaliga yo‘llanma olgan eng oxirgi ikki klub nomi ma'lum bo‘ladi. 1/8 final javob o‘yini doirasida La Liga peshqadami «Atletiko» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etishga urinsa, Bundesliga yetakchisi «Bavariya» Myunxenda «Latsio»ni qabul qiladi.

«Chelsi» bu safar ham «Atletiko»ni to‘xtata oladimi?

Ruminiya poytaxti Buxarestda o‘tgan dastlabki to‘qnashuvda London klubi Olive Jiruning yagona goli evaziga Madrid jamoasini mag‘lub etishga erishgandi. Endi esa raqiblar Londonda saf tortishadi va hali bu juftlikda hech narsa hal bo‘lmaganini Diyego Simeone singari Tomas Tuxel ham yaxshi tushunib turibdi. «Atletiko» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Angliyadan g‘alaba bilan qaytish tajribasiga ega. Madridliklar o‘tgan mavsumda «Enfild»da «Liverpul»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan holda 1/4 final bosqichiga yo‘llanma olishgandi. «Hindular» va «aristokratlar» o‘rtasidagi dastlabki o‘yin tengkurashlar ostida o‘tgan va Jiruning mahorati inglizlarning kichik ustunligini ta'minlagandi. Bu safar ham individual mahorat o‘yin taqdirini hal etishi mumkin.

«Biz Londonda 90 daqiqa vaqtga ega bo‘lamiz va bu minimal hisobni yo‘qqa chiqarish va g‘alabani ilib ketish uchun yetarlicha vaqt», - deydi Simeone o‘yindan oldin. Ko‘ramiz, mehmonlar amalda ham buning uddasidan chiqisharmikan...

17 mart (chorshanba)

YeChL. 1/8 final. Javob uchrashuvlar

«Chelsi» - «Atletiko»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: «FutbolTV»

Taxminiy tarkiblar:

«Chelsi»: Mendi; Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger; Jyeyms, Kante, Kovachich, Alonso; Hadson-Odoi; Jiru, Verner

O‘ynamaydi: Jorjino (diskvalifikatsiya), Maunt (diskvalifikatsiya)

So‘roq ostida: Tyago Silva (jarohat), Abraham (jarohat)

«Atletiko»: Oblak; Tripper, Savich, Felipe, Ermoso, Karrasko; Lorente, Koke, Lemar; Korrea, Suares

Birinchi uchrashuv – 1:0

«Bavariya» «Latsio»ga qarshi ikkinchi tarkibini qo‘yadimi?

«Bavariya» Rimda maydon egasi «Latsio»ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etib, amalda chorakfinal yo‘llanmasini cho‘ntagiga soldi. Hans-Diter Flik Myunxendagi o‘yinda ikkinchi tarkibni tushirishi ham mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda Germaniyadagi bahsda intriga uyg‘onishi mumkin. Aks holda A Seriyadagi so‘nggi uch o‘yindan buyon safarda faqat mag‘lubiyatga uchrab, 7-o‘ringa tushgan «Latsio»ning «Alyans Arena»da «Bavariya»ni mag‘lub etishi qiyin masala.

«Bavariya» - «Latsio»

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: «UzReportTV»

Taxminiy tarkiblar:

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Alaba, Devis; Roka, Goretska; Sane, Myuller, Gnabri; Levandovski

O‘ynamaydi: Kosta (jarohat), Kuassi (jarohat), Tolisso (jarohat)

«Latsio»: Reyna; Patrik, Acherbi, Radu; Marushich, Milinkovich-Savich, Lukas Leyva, Luis Alberto, Lulich; Korrea, Immobile

O‘ynamaydi: Latssari (jarohat)

So‘roq ostida: Akpa-Akpro.

Birinchi uchrashuv – 4:1.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid