Markaziy bankning “Oçiq valuta pozitsiyasini yuritiş qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qoidalar “Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati töğrisida”gi va “Valutani tartibga soliş töğrisida”gi qonunlarga muvofiq oçiq valuta pozitsiyalari limitlari, ularni hisoblaş, banklar tomonidan oçiq valuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşirişning öziga xos jihatlarini belgilaydi.
Quyidagilar oçiq valuta pozitsiyasi özgarişiga ta'sir qiluvçi operatsiyalar jumlasiga kiradi:
- çet el valutasini, şu jumladan naqd körinişidagi çet el valutasini sotib oliş va sotiş böyiça ikki bank iş kunidan oşmagan muddatda amalga oşiriladigan operatsiyalar hamda ikki bank iş kunidan oşgan muddatda amalga oşiriladigan operatsiyalar;
- daromadlarni çet el valutasida hisoblaş va oliş;
- xarajatlarni çet el valutasida hisoblaş va tölaş;
- hisob-kitoblarni amalga oşiriş usuli va şaklidan qat'i nazar çet el valutasidagi hosilaviy (derevativ) vositalar (fyuçers, forvard, svop, opsionlar va boşqalar) bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiriş natijasida çet el valutasida yuzaga keluvçi talab va majburiyatlar;
- çet el valutasida amalga oşiriladigan boşqa operatsiyalar (çet el valutasida xarid qilingan aktivlar, öz aksiyalarini çet el valutasida sotiş hamda valuta qimmatliklari bilan boğliq boşqa bitimlar, uşbu bitimlar şartlariga muvofiq u yoki bu körinişda çet el valutasi ayirboşlanişi (konversiyasi) közda tutilgan bölsa).
Oçiq valuta pozitsiyasi hisob-kitobi har bir çet el valutasi uçun har bir operatsiya kuni yakuni böyiça hisobot sanasidagi Markaziy bank tomonidan örnatilgan çet el valutasi kursining milliy valutadagi ekvivalentida amalga oşiriladi.
Oçiq valuta pozitsiyasini hisoblaşda bankning çet el valutasidagi majburiyatlari miqdori uning çet el valutasidagi talablari miqdori bilan taqqoslanadi. Bunda, qisqa valuta pozitsiyasi “-” belgisi bilan, uzun valuta pozitsiyasi “+” belgisi bilan körsatiladi.
Oçiq valuta pozitsiyasi jami asl miqdori barça qisqa va uzun valuta pozitsiyalari jami miqdorlarini alohida hisoblaşda hamda barça oçiq valuta pozitsiyalarini hisoblaşda aniqlanadi.
Milliy valutadagi balanslaştiruvçi pozitsiya hisob-kitobi uçun jami uzun valuta pozitsiyalarining milliy valutadagi asl qiymati va jami qisqa valuta pozitsiyalarining milliy valutadagi asl qiymati örtasidagi farq olinadi. Jami uzun pozitsiya yiğindisi (şu jumladan, milliy valutadagi balanslaştiruvçi pozitsiya, agar u uzun pozitsiya bölsa) va jami qisqa pozitsiya yiğindisi (şu jumladan, milliy valutadagi balanslaştiruvçi pozitsiya, agar u qisqa pozitsiya bölsa) özaro teng bölişi lozim.
Oçiq valuta pozitsiyasi hisob-kitobida bankning çet el valutasidagi talab va majburiyatlari miqdori “Valutalar savdosi va valuta pozitsiyalari” hamda “Közda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq asosida aniqlanadi. Uşbu hisobvaraqlarda valuta oldi-sotdisi va boşqa valuta qimmatliklari bilan boğliq operatsiyalarga oid bitimlarda, şu jumladan bitim şartlariga köra, u yoki bu şaklda çet el valutasini ayirboşlaş (konversiya) nazarda tutilgan operatsiyalardagi miqdor hisobi yuritiladi.
Oçiq valuta pozitsiyasi çet el valutasini sotib oliş yoki sotişga doir bitimlar imzolangan sanada, şuningdek çet el valutasidagi foiz daromadlari (xarajatlar) hisoblab yozilgan va boşqa daromadlar (xarajatlar) hisobvaraqqa kiritilgan (hisobdan çiqarilgan) sanada yuzaga keladi.
Banklarning valuta tavakkalçiligini çeklaş maqsadida Markaziy bank boşqaruvi qarori bilan banklar uçun oçiq valuta pozitsiyasining quyidagilar böyiça limitlari belgilanadi:
- har bir turdagi çet el valutasi;
- oçiq valuta pozitsiyalari jami miqdori;
- qisqa valuta pozitsiyalari jami miqdori;
- uzun valuta pozitsiyalari jami miqdori.
Belgilangan limitlardan oşgan oçiq valuta pozitsiyalarining keyingi operatsiya kuniga ötkazilişiga yöl qöyilmaydi. Oçiq valuta pozitsiyalari belgilangan limitlardan oşgan taqdirda, bank tomonidan oçiq valuta pozitsiyalarini örnatilgan limitlargaça qisqartiriş maqsadida operatsiya kuni yakuniga qadar tegişli balanslaştiruvçi operatsiyalarni amalga oşirişi lozim (şu jumladan, çet el valutasini sotiş yoki xarid qiliş).












