Moliya vazirligi 2020 yildagi davlat budjeti ijrosi böyiça navbatdagi hisobotni e'lon qildi.
Qayd etilişiça, 2020 yil uçun qabul qilingan konsolidatsiyalaşgan budjetning parametrlari prognoz qilinayotgan yalpi içki mahsulot ösişi körsatkiçi 5,5 foizga asoslangan holda hisoblab çiqildi. Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi şaroitida 2020 yilda YaIM ösiş sur'ati 1,6 foizga sekinlaşdi.
Joriy narxlarda YaIM hajmi 580,2 trln sömni yoki 57,7 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.
2020 yil yakunlariga köra, real hajmdagi aholi jon boşiga YaIM 0,3 foizga kamaydi (2019 yilda 3,8 foizga oşdi) va 16 million 949 ming sömni yoki 1 ming 685 AQŞ dollarini taşkil etdi.
Ötgan yil yakunida davlat budjeti daromadlari 132 trln 938 mlrd sömni taşkil etib, belgilangan prognoz körsatkiçlariga nisbatan 4 trln 478 mlrd söm yoki 103,5 foizga oşirib bajarildi. 2019 yil körsatkiçlari bilan soliştirilganda daromadlar 20 trln 774 mlrd söm yoki 18,5 foizga oşdi.
Bunda Davlat soliq qömitasi ma'murçiligidagi daromadlar 103 trln 562 mlrd sömni, davlat bojxona qömitasi ma'murçiligidagi daromadlar 24 trln 708 mlrd sömni, boşqa daromad manbalari böyiça tuşumlar 4 trln 668 mlrd sömni taşkil etdi.
2020 yilda davlat budjeti xarajatlariga 144 trln 142 mlrd 7 mln söm sarflandi. Hisobotda qöşimça xarajatlarning aksariyat qismi (12,8 trln söm) global inqiroz holatlari va koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumşatiş böyiça xarajatlarni moliyalaştirişga yönaltirilgan Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi xarajatlariga töğri kelişi bildirilgan.
Ötgan yil yakunida konsolidatsiyalaşgan budjet umumiy fiskal balansining taqçilligi 26,1 trln sömni (YaIMga nisbatan 4,5 foiz), tasdiqlangan budjetda 17,8 trln sömni (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) taşkil etdi.
Vazirlik budjet taqçilligi oşişini koronavirus infeksiyasi pandemiyasi şaroitida iqtisodiyotni va aholini qöllab-quvvatlaş uçun xarajatlarning ortişi zaruriyati bilan izohladi.
2020 yilda 27 trln 703 mlrd söm hisobida Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy budjetlarining daromadlari şakllantirildi. Mahalliy budjet xarajatlari esa 47 trln 191 mlrd söm hisobida ijro etildi.
«Mahalliy budjetlar muvozanatini ta'minlaş maqsadida budjetlararo transfertlarni tartibga soliş orqali ularning daromadlari va xarajatlari örtasidagi farq qoplandi», deyiladi hisobotda.







