Sport | 09:29 / 25.07.2021
10039
1 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik dzyudochi ayol Olimpiadada me'yordagi vaznni ko‘rsatish uchun sochini kalga oldirdi

Tokio Olimpiadasida janubiy koreyalik ayol dzyudochi, 48 kggacha vazn toifasida ishtirok etuvchi Kan Yu Chjon me'yordagi vaznni ko‘rsatish uchun sochini kalga oldirib tashladi.

Foto: news.joins.com

Sportchi dzyudo bo‘yicha musobaqalarning 1/16 finali oldidan 48,850 kg tosh bosgan, vaholanki belgilangan vazn me'yoridan 500 gramm oshishga ruxsat beriladi. Kan Yu Chjon belgilangan me'yorni ko‘rsatish uchun ovqat yeyishdan bosh tortgan, vaznini yugurib tushirishga harakat qilgan va hattoki suvsizlikdan hushini yo‘qotgan. Biroq bu ham unga kamlik qilib, sportchi sochini tag-tugi bilan oldirib tashlashga qaror qilgan.

Natijada sportchi belgilangan me'yorni ko‘rsatgan, biroq uning organizmi jiddiy kuchsizlangan. Bu esa o‘z ta'sirini ko‘rsatmay qolmagan va koreyalik sportchi sloveniyalik raqibi Marusha Shtangarga mag‘lub bo‘lgan.

Ushbu vazn toifasida kosovolik Distriya Krasniki oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid