Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning asosiy qismi oliy ta'lim sohasida ekani aytildi
Poytaxtda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Gender tenglikni ta'minlash strategiyasida xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning innovatsion g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida 31 ming nafardan ziyod ilmiy xodim ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ularning qariyb 40 foizini ayollar tashkil etgan.
Xususan, xotin-qizlarning 73 foizi oliy ta'limda, 16,5 foizi davlat sektorida, 10 foizi tadbirkorlik sohasida, 0,2 foizi notijorat sektorida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ayollar asosan Toshkent shahrida yig‘ilgan (49,6 foiz). Hududlarda esa ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ko‘rsatkichi pastligicha qolmoqda.
Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan ayollarning 3 568 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lib, ularning 707 nafari fan doktori, 2 412 nafari fan nomzodi va 449 nafari PhD ilmiy darajasiga ega xodimlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq umumiy yillik moliyaviy hajmi 45,4 mlrd so‘mlik 82ta ilmiy loyiha (27,8 mlrd so‘mlik 57ta amaliy, qariyb 17 mlrd so‘mlik 25ta innovatsion loyiha) olima ayollar tomonidan bajarilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025