«Tolibon», IŞID va «Al-Qoida»: ularning orasida qanday farqlar bor?
|16:58 / 05.09.202167 14712 min
Garçi ular jihodçilik mafkurasiga ega ekanliklari bilan öxşaş bölsa-da, «Tolibon», IŞID va «Al-Qoida»ning usul va maqsadlari butunlay boşqaça. Xöş, bu uç taşkilot qaysi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
Garçi jihod tarafdori bölişsa-da, ularning bir-biridan farqli ideallari va maqsadlari bor.
«Tolibon»ning Afğonistonda boşqaruvni qölga olişi butun dunyodagi radikal kuçlarni xursand qildi.
Yaman va boşqa köplab mamlakatlarda muşaklar otildi. Somalida esa jihodçilar «Tolibon» ğalabasini nişonlaş uçun şirinliklar tarqatişdi. Osiyo janubidagi guruhlar Ğarb davlatlarining Afğonistondan çiqib ketişini nişonlaşdi.
Ayrim ekspertlar Yaqin Şarq va Markaziy Osiyoda terrorizm kuçayişidan xavotirda.
Eng katta tahdid «Al-Qoida» va IŞIDga aloqador guruhlar bilan boğliq. Ular sönggi yillarda zaiflaşgan bölsa-da, hamon butunlay tugatilgani yöq.
AQŞ bilan kelişuv natijasida «Tolibon» Ğarbdagi nişonlarga hujum qilmoqçi bölgan ekstremistik guruhlarga mamlakat hududida boşpana bermaslikka va'da bergan. Biroq harakat hali ham «Al-Qoida» bilan aloqalarni saqlab qolmoqda.
IŞIDning Xuroson bölinmasi sifatida tanilgan va ISIS-H deb nomlangan guruh ham 26 avgust kuni Kobul aeroporti taşqarisida qonli hujumlar uyuştirdi. Natijada 170 kişi halok böldi, ulardan 13 nafari AQŞ askarlari edi. Ekspertlarning fikriça, endilikda «Al-Qoida»ning raqibi IŞIDga nisbatan bosim ötkaziladi.
IŞID xalifalik e'lon qilib, Iroq va Suriyaning katta bir qismida hukmronlik qildi.
«Tolibon» Afğonistondagi eng qudratli kuç. «Al-Qoida» esa köp millatli jihodçi guruh bölib, u özining eski tarmoqlarini tiklaşga urinmoqda. IŞID ham. Lekin IŞID buning uçun özining aşaddiy duşmanlari - «Al-Qoida» va «Tolibon»ga qarşi qattiq kuraş olib borişi kerak böladi», deydi Nyu-Yorkdagi Soufan markazi tadqiqotçisi, xavfsizlik böyiça mutaxassis Kolin Klark.
Taşkilotlarning ildizlari
Mavzuga oid
«Al-Qoida» va «Tolibon» 1980-yillar oxiridagi sovet bosqiniga qarşi kuraş va 1990-yillardagi Afğonistonning içki kuraşlarida paydo böldi.
IŞID esa bir neça yil ötgaç, «Al-Qoida»ning Iroqdagi qoldiqlaridan paydo böldi va 2003 yilda Iroq işğoliga javoban mahalliy «Al-Qoida» unsuri sifatida sahnaga çiqdi.
Garçi bu taşkilot 2007 yilda Iroqdagi AQŞ qöşinlari sonining ortişi fonida bir neça yil davomida közga taşlanmay turgan bölsa-da, 2011 yil qayta tiklana boşlaydi.
«Al-Qoida»ga 1980-yillar oxirida saudiya arabistonilik millioner Usama Bin Lodin tomonidan asos solinadi. «Al-Qoida» «tayanç», «poydevor» degan ma'nolarni anglatadi. U sovetlar ittifoqiga qarşi qurollangan kuçlar moddiy va harbiy jihatdan yordam körsatadi.
Bin Lodin butun dunyo böylab jihodçilarni «Al-Qoida» safida töplaydi.
Usama Bin Lodin 11 sentyabr xurujidan uç yil oldin CNN telekanaliga bergan intervyusida AQŞga qarşi jihod e'lon qiladi.
Puştu tilida «talabalar» degan ma'noni anglatuvçi «Tolibon» sovetlarning Afğonistondan çiqib ketişi ortidan 90-yillarda Pokiston şimolida paydo böladi.
U dastlab Saudiya Arabistonidan kelgan mablağlar hisobiga moliyalaştiriladi va özini puştunlar harakati sifatida namoyon qiladi.
«Tolibon»ning va'dasi Pokiston va Afğoniston örtasidagi puştun mintaqasida islomiy ahkom va şariatga asoslangan boşqaruv bilan tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş edi.
«Tolibon» Afğonistonning janubi-ğarbidan boşlab, tezlik bilan öz ta'sirini kuçaytirib boradi. 1996 yilda toliblar prezident Burhoniddin Rabboniyni ağdarib, Kobulni qölga oladi. 1998 yilda mazkur taşkilot Afğonistonning 90 foizini nazorat qilardi.
«Al-Qoida» keyinçalik moddiy-texnik yordam tarmoğidan global ambitsiyalarga ega jihodçi taşkilotga aylanadi. «Tolibon» rejimi esa «Al-Qoida»ni Afğonistonga taklif qiladi.
Iroqdagi «Al-Qoida» esa 2006 yilda boşqa ekstremistik guruhlardan ajralib, Iroq Islom Davlati nomini oladi.
2011 yildan keyin bu taşkilot Suriyadagi uruşda töliq iştirok etadi va öz nomini Iroq va Şom islom davlati (IŞID) deb özgartiradi. Şu tariqa «Al-Qoida» bilan uning yöllari ayriladi.
Bu uç taşkilot örtasidagi umumiylik - ular sunniy mazhabiga e'tiqod qilişadi. BBC muxbiri bilan suhbatda London qirollik kollejida dars beruvçi Mişel Groppi şunday deydi: «Barça uç taşkilot ijtimoiy va siyosiy hayot din bilan uzviy bölişi kerak deb hisoblaydi. Ular şariat qonunlari amalda bölişi uçun kuç qöllaşni töğri deb bilişadi».
Maqsadlar
«Tolibon»ning manfaatlari Afğonistonga qaratilgan, lekin «Al-Qoida» va IŞIDning global ambitsiyalari bor.
«Tolibon» oxirgi marta 1990-yillarda şariat qonunlarini joriy qiladi. Uning hukmronligi davrida ayollarga nisbatan qöllangan qattiq tartib va jazolar, insonlarni omma oldida qatl qiliş, kaltaklaş va tana a'zosini kesib taşlaş kabi holatlar kuzatiladi.
Şu bois ham tarix takrorlanişidan qörqib, afğonlar mamlakatni tark etiş maqsadida çegara va aeroportga yopirilişdi.
Vaşingtondagi Jorjtaun universitetining terrorizm va Yaqin Şarq böyiça mutaxassisi Deniyel Bayman «Al-Qoida» va IŞID yanada radikal hisoblanişini ta'kidlaydi.
Baymanning aytişiça, toliblar Afğonistonda ötmişni tiklaşga harakat qilsalar-da, ularning boşqa mamlakatlarni özgartirişga qaratilgan maqsadlari yöq.
«Tolibon» 1970-80-yillardagi fuqarolar uruşi va sovet qöşinlariga qarşi amalga oşirilgan qarşilik harakatlari negizida paydo bölgan.
«IŞID xalifalikni bugun örnatmoqçi, «Al-Qoida» esa hali erta deb hisoblaydi. Toliblar bunga musulmon jamoalar hali tayyor emasligini aytişadi. Ularning boş maqsadi xalifalik emas», deydi Bayman «Al-Qoida» va IŞIDning xalifalik örnatiş borasidagi qaraşlarini özaro soliştirar ekan.
Duşmanlar
«Tolibon», «Al -Qoida» va IŞIDning uzoq va yaqin duşmanlari bor. Duşmanlar röyxatining eng boşidan AQŞ va Ğarb davlatlari örin olgan.
«IŞID avvalboşdan «Al-Qoida»dan köra köproq zöravonlikni namoyiş etdi va Ğarbga, şuningdek, özining mafkurasiga qöşilmaydigan boşqa musulmonlarga ham qarşi mazhabiy kuraş olib bordi», deydi Bayman.
Yana bir muhim farq şundaki, AQŞ «Al-Qoida»ning boş duşmani bölib qoldi. IŞID esa Yaqin Şarqdagi şia va boşqa diniy ozçiliklarga hujum uyuştirişda davom etmoqda.
Baymanning ta'kidlaşiça, «Al-Qoida» ham şialarni «murtad» deb biladi. Biroq ularni öldirişni resurslarni isrof qiluvçi va jihod loyihasiga zarar yetkazuvçi öta keskin bir harakat, deb baholaydi. AQŞning çiqib ketişi bilan boğliq rejalaştirilgan muzokaralar tufayli IŞID «Tolibon»ni «xoin» deb biladi. «Tolibon»ning hokimiyatga kelişi şu bois ham ularning örtasidagi ziddiyatni yanada kuçaytirmoqda.
Biroq IŞID uçinçi guruh orqali «Tolibon» bilan bilvosita aloqani saqlab turibdi. Ekspertlarning aytişiça, Afğonistondagi IŞID guruhlari va «Tolibon» bilan yaqin aloqada bölgan «Haqqoniy tarmoği» nomi bilan tanilgan guruh örtasida kuçli aloqalar mavjud.
Usullar
«Al-Qoida» 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkdagi egizak minoralarga qilingan hujumlar bilan yaxşi taniş.
Uşbu taşkilot özining yuqori ta'sirçan usullari bilan butun dunyo musulmon jangçilarini safarbar qiliş orqali AQŞni Yaqin Şarq, ayniqsa, Saudiya Arabistoni va muqaddas joylardan haydaşni maqsad qilgan.
2001 yil 11 sentyabrda AQŞda uyuştirilgan va minglab odamlarning hayotiga zomin bölgan hujumlar ortida «Al-Qoida» turgan.
Garçi bu taşkilotlarning tarğiboti jihod har bir musulmonning burçidir, degan fikr atrofida aylansa-da, ularning asosiy e'tibori mahalliy musulmonlarga qaratilgan.
Baymanning aytişiça, IŞID ham masalaga şunday yondaşadi, biroq uning yondaşuvida öta keskinlik közga taşlanadi: «IŞID uçun terrorizm inqilobiy uruşning bir parçasidir. U hukmronligi ostidagi hududlarda ommaviy qatllar va zöravonliklarni amalga oşirdi. Mahalliy aholini böysundiriş uçun uni qörqitişga harakat qildi. «Al-Qoida» esa «muloyimroq» yondaşuvga ega».
IŞID 2014-2017 yillar orasida kuçga tölib, Suriya va Iroqdagi öz hududlarini kengaytiradi. Ammo Ğarb davlatlari, Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Suriya hukumati va kurd qöşinlariga qarşi janglarda hududlarni boy beradi.
2019 yil mart oyida IŞID Suriyada öz boşqaruvidagi sönggi hududlarni qöldan çiqaradi, xalifalik tugatilgani e'lon qilinadi, biroq taşkilot maxfiy tarmoq sifatida faoliyatini davom ettiradi va hamon tahdid manbayi bölib qolmoqda.
IŞIDning Afğonistondagi tarmoği ISIS-H 26 avgust kuni Kobul aeroportida 170 kişi ölimiga sabab bölgan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Taşkilot mamlakatdagi ozçilik etnik guruhlarga hujum qilişda ham davom etmoqda.
ISIS-H 26 avgust kuni Kobul aeroportida 170 kişining ölimiga sababçi bölgan hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
«Tolibon» esa sönggi haftalarda yirik şaharlarni va nihoyat poytaxt Kobulni egallaş uçun uruş taktikasini qölladi, Afğoniston hukumati va xavfsizlik kuçlariga qarşi hujumlar uyuştirdi.
Ta'kidlaş joizki, «Tolibon» a'zolariga qarşi afğon askarlarini qatl qiliş, xususan, ayollarga nisbatan qattiq jazo va çeklovlarni joriy etiş singari köplab ayblovlar mavjud.
Ammo Groppining aytişiça, toliblar mahalliy aholini, ayniqsa, qişloqlarda yaşovçi insonlarni köplab muammolar, xususan, korrupsiyaga yeçim topişga işontiriş orqali öz maqsadlari sari ilgarilab bordi.
Jangçilar yiğiş
«Tolibon», «Al-Qoida» va IŞID mahalliy aholini uruşga jalb qilişga muvaffaq böldi. Uçala taşkilot ham bu işni odamlarni jihodga tarğib qiliş orqali amalga oşirdi.
«Al-Qoida» va IŞID global ambitsiyalar orqali Yaqin Şarq çegaralaridan taşqaridagi odamlarni ham öz safiga qöşişga erişdi.
Groppining ta'kidlaşiça, bu borada eng muvaffaqiyatli taşkilot IŞIDdir. Mazkur taşkilot «odamlarni Iroq va Suriyadagi bazalariga jalb qiliş uçun internet kuçidan foydalanadi».
2015 yil IŞID Parijda bir neça bor hujum uyuştirdi.
Bayman ham uşbu fikrga qöşiladi. «IŞIDning ijtimoiy tarmoqlardagi tarğiboti juda kuçli edi. U Ğarbda bu taşkilot bilan aloqasi mavjud bölgan-bölmagan, Suriya va Iroqqa bora olmaydigan odamlarni ham öz mamlakatlarida hujumlar uyuştirişga safarbar eta oldi», deydi Bayman.
Bunga misol sifatida 2015 yilda ba'zilari Yaqin Şarqdagi jang maydonlarida bölgan IŞID jangarilari tomonidan uyuştirilgan va 130 kişining ölimiga sabab bölgan Parij voqealarini keltiriş mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi