“Ta'lim, ta'lim, ta'lim! Men bu gapni qaytarişdan çarçamayman. Ta'lim sohasida mutlaqo yangi tizim yaratamiz. Nafaqat Qoraqalpoğistonda, balki Xorazm viloyatida ham kelgusi yildan boşlab 1-4 sinf öquvçilariga bepul tuşlik berişni yölga qöyamiz. Bilasizlarmi, bundan bolalar kayfiyati qança özgaradi? Maktabga keliş ham boşqaça böladi. Bittagina tuxum yeb, şirin çoy içib olgan bolaning vujudi tetik böladi. Bilaman, buni amalga oşiriş qiyin, lekin men öz bolalarimdan heç narsani ayamayman.
Ta'lim sifatini oşiriş böyiça aniq çoralar köriladi. Birinçidan, maktabgaça ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 82 foizga yetkaziladi. Jumladan, qamrov darajasi past bölgan Hazorasp, Xiva, Boğot, Urganç va Yangiariq tumanlarida bu körsatkiç 100 foizga olib çiqiladi. Buning uçun, 104 ta davlat va 43 ta xususiy, 379 ta oilaviy boğçalar taşkil etiladi. Ayniqsa, bular birorta ham bolalar boğçasi bölmagan 40 ta mahallada işga tuşiriladi.
Ikkinçidan, kelgusi beş yilda 17 ta yangi maktab quriladi, 248 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta'mirlanadi. Buning hisobiga, maktablar yuklamasi 30 foizga kamayadi. Uşbu maqsadlar uçun, budjetdan 1,4 trillion söm ajratiladi. Şuningdek, 160 ta maktab sport zallari ta'mirlanadi. Sport anjomlari va çolğu asboblari bilan jihozlaş uçun, har bir maktabga yiliga 10 million sömdan, boğçaga esa, 5 million sömdan mablağ ajratib boriladi.
Şuningdek, kelgusi öquv yilidan boşlanğiç 1-4 sinf maktab öquvçilari uçun bepul tuşlik beriş tizimi Xorazmda ham joriy etiladi.
Oliy ta'limga qabul kvotalari 2,4 barobarga oşirilib, qamrov darajasi 52 foizga yetkaziladi. Buning uçun, texnika, qişloq xöjaligi, turizm sohalari uçun kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan 3 ta oliygoh taşkil etiladi. Urganç davlat universiteti qoşida Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamğarmasini taşkil etamiz. Şuningdek, viloyatdagi oliygohlar uçun qöşimça 3,5 ming örinli 8 ta talabalar yotoqxonasi quriladi.
Törtinçidan, AyTi sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun, Birlaşgan Arab Amirligi bilan hamkorlikda Ay-Ti klaster faoliyati yölga qöyiladi. Uşbu klaster loyihasi doirasida Xalqaro Universitet, Muhammad al-Xorazmiy raqamli texnologiyalar forumi taşkil etiladi. “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida 100 ming nafar yoşlar öqitilib, dunyodagi ilğor Ay-Ti kompaniyalarida işlaş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, 73 ta ixtisoslaşgan maktabga xorijiy til egalari bölgan öqituvçilar olib kelinadi. Viloyat maktablarida 300 ta zamonaviy kompyuter sinfxonalari taşkil etilib, 15 ming nafar yoşlarni AyTi-texnologiyalariga öqitiş taşkil etiladi”, – dedi prezident yiğilganlarga qarata.

















