Uni «100 yillik qamoq» jazosi kutmoqda. Tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati Mariya Ressa hikoyasi
|18:52 / 17.10.202126 26113 min
Mariya Ressa Filippin prezidentining «giyohvandlikka qarşi uruş»iga qarşi yillar davomida kuraşib keldi. Tazyiq va siyosiy ta'qiblarga uçraşiga qaramay «troll fabrikalari» faoliyati böyiça tekşiruvlar ötkazdi.
Foto: Forbes Foto: Forbes
2021 yil Tinçlik böyiça Nobel mukofoti Rossiyaning «Novaya gazeta» naşri boş muharriri Dmitriy Muratov hamda filippinlik tadqiqotçi jurnalist Mariya Ressaga demokratiya hamda barqaror tinçlik örnatilişining dastlabki şarti bölgan fikr bildiriş erkinligini himoya qiliş böyiça intilişlari uçun berildi.
Xöş, köpçilik uçun jurnalistlar tahdid ostida bölgan mamlakatda matbuot erkinligi uçun kuraşişning yorqin namunasiga aylangan Mariya Ressa kim va u nima sababdan bunday yuksak mukofotga loyiq körildi?
Uydan ketiş
Mariya Ressa 1963 yilda Filippin poytaxti Manilada tuğilgan. Juda yoş paytidayoq otasi vafot etadi, onasi esa Amerikaga işlaşga ketişga majbur böladi. Ressa töqqiz yoşligida Filippinda davlat töntarişi sodir böladi, mamlakat prezidenti Ferdinand Markos Kongress bilan ziddiyatlari sabab favqulodda holat e'lon qiladi va konstitutsiyani bekor qiladi. 1973 yilda onasi Ressani ham Amerikaga olib ketadi.
«Men Nyu-Jyersi ştatiga bordim, öşa paytda ingliz tilida zörğa gaplaşardim va özim uçun bu yerdagi katta oq dunyoda kalta jigarrang bola nima qilayotganini aniqlaşim kerak edi», deydi u BBC muxbiri Leysi Douset bilan suhbatda.
Dastlab Ressa Nyu-Jyersidagi Toms River örta maktabini, keyin Prinston universitetini imtiyozli diplom bilan tugatadi va Filippindagi Diliman universitetida öqişni davom ettiriş uçun töliq imtiyozli stipendiyani qölga kiritadi. Bu paytda diktator Markos favqulodda holatni bekor qilgan bölişiga qaramay mamlakatni boşqarişda davom etmoqda edi. 1986 yilda u navbatdagi prezidentlik saylovlarida ham ğalaba qozonadi, lekin asosiy raqibi, muxolifatning öldirilgan yetakçisi Benigno Akinoning bevasi Korason Akino mağlubiyatini tan olmaydi. Yuz minglab namoyişçilar köçalarga çiqişadi va Markos mamlakatdan qoçib ketadi. Mana şunday siyosiy beqaror vaziyatda Mariya Ressa öz vataniga qaytdi.
«Men har doim Qöşma Ştatlarda amerikalik emasligimni his qilardim, keyin Filippinga qaytib keldim va bu yerda filippinlik ham emasligimni angladim», deydi u.
Jurnalistika tomon qadamlar
U dastlab televideniyeda işlay boşladi, bir yildan keyin prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. 1988 yilda esa AQŞning SNN naşriga işga kiradi va 1995 yilga kelib SNN’ning Manila va Jakartadagi ikkita byurosi boşliği lavozimiga kötariladi.
Ressa mamlakatdagi etnik tozalaş va separatizm harakatlari haqida köplab maqolalar yozdi. Janubi-Şarqiy Osiyoda «Al-Qoida» faoliyati böyiça tekşiruvlar ötkazdi. U saylovlar va siyosiy inqirozlarni yoritgan, prezidentlar va boş vazirlar bilan suhbatlar taşkil qilgan. 2000-yillar boşlariga kelib, Mariya Ressa köp mukofotlarga sazovor bölgan taniqli jurnalist sifatida e'tirof etila boşlaydi. Filippinning eng yirik media kompaniyasi ABC-SBN’ning yangiliklar bölimiga rahbarlik qildi, söngra taşkilotning vitse-prezidenti lavozimiga kötarildi. ABC-SBN’da olti yil işlagan Ressa 2010 yilda şartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qiladi va işdan ketadi.
Mavzuga oid
«Jurnalistikani qiyin kunlar kutmoqda. Tahririyat mustaqilligini qadrlang va himoya qiling. Sizga aniqlik, qat'iyat va dadillik tilayman, yaxşilik uçun kuraşing», deb yozadi xayrlaşuv maktubida.
Rapplerʼga asos solinişi
Işdan ketgaç beş nafar sobiq hamkasbi bilan 2012 yilda Rappler onlayn yangiliklar saytiga asos soladi. Sayt nomi inglizça «rap» — qattiq tanqid qilmoq, tölqin hosil qiliş sözidan olingan.
U Rapplerʼni Filippindagi eng yirik yangiliklar saytiga aylantiriş niyatida edi, şu maqsadda mamlakatdagi uşbu sohada işlaydigan eng kuçli mutaxassislarni işga jalb qiladi.
Hozirda saytning Facebookʼda 4,5 milliondan ortiq obunaçisi bor va Rappler özining kuçli tahlillari va suriştiruvlari bilan maşhur bölgan.
Kuzatuvçilarning ta'kidlaşiça, Rappler muvaffaqiyati markazida Ressa xonimning ulkan xizmatlari yotadi.
BBC’ning Maniladagi muxbiri Hovard Jonson Ressani jozibali ma'ruzaçi, ötkir tahliliy tafakkur egasi sifatida tasvirlaydi. «U öz tinglovçilariga, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda öz sohasiga aloqador murakkab ijtimoiy voqealarni yaxşi tuşuntirib bera oladi», deydi Hovard Jonson.
Prezident bilan munosabatlari
2016 yilda 71 yoşli Rodrigo Duterte Filippin prezidentligiga keladi. Ammo Dutertening siyosiy karerasi 1986 yilda (Mariya Ressa öz vataniga qaytgan paytlarida) boşlangan: u dastlab Davao şahri vitse-meri etib tayinlangan, keyinroq merlik saylovlarida ğolib bölgan. U bu lavozimda qisqa tanaffuslar bilan 32 yil işlagan. 2015 yilda Mariya Ressa Duterte bilan intervyusining kiriş qismida yozganidek, Davao jinoyatçilar boşpanasidan «tinçlik vohasi» va Filippindagi birinçi «aqlli şahar»ga aylanadi, bu yerda barça davlat xizmatlari raqamlaştirilgan.
Duterte korrupsiya va giyohvand moddalar savdosiga qarşi kuraşni va'da qilib, siyosiy oçkolarni qölga kiritadi. Ressa bilan suhbatda Duterte hatto ba'zi qotilliklarga aloqadorligini ham inkor etmagan.
«Menga qarşi iş qözğatilgani hammaga ma'lum, ular mening ismim hatto AQŞ Inson huquqlari böyiça oliy komissiyasining materiallarida ham borligini aytişadi. Aytişim mumkinki, bu kundalik işimizning bir qismi edi», degan u Ressaga bergan intervyusida.
Dutertening yana qöşimça qilişiça, faqat zöravonlik va diktatura mamlakatdagi siyosiy institutlar zaifligining örnini qoplay oladi. U özini söl qanot diktatori deb ataydi va şovinistik qaraşlarini tan oladi.
«Bu narsalar kişida hayrat uyğotadi: u şafqatsiz va halol, ba'zida dabdabaga ruju qöygan, hazilkaş, kibrli va mutlaqo murosasiz odam. U haqiqiy edi, bu ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning roli oşib borayotgan bugungi davrda juda qimmatlidir», deb yozadi Ressa.
Mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar tez ommalaşayotgan edi. 2016 yilda Filippin aholisining 44 foizidan 47 foizigaça qismi internetdan foydalangan, ijtimoiy tarmoqlar uçun kuniga örtaça 3,2 soatdan 5,2 soatgaça vaqt sarflagan bölsa, keyingi yilda jami 105 million aholidan 61 millioni Facebook foydalanuvçisiga aylangan. Ressaning sözlariga köra, rasmiy davlat taşkilotlariga işonçsizlik paydo bölganida, ijtimoiy tarmoqlar yangiliklar tarqatiş va fikr bildiriş uçun asosiy maydonga aylanadi.
Rappler prezidentning «trollar fabrikasi»dan qanday foydalanişi va jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qilişga urinayotgani haqida hisobot e'lon qildi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda notöğri ma'lumotlar tarqatiş kampaniyasi boşlangani foş etiladi.
Eng maşhur közböyamaçiliklardan biri, Filippin narkomafiyasi vakillari tomonidan zörlangan va öldirilgani aytilgan töqqiz yoşli qizning fotosurati edi. Hukumat özini bu vaziyatda giyohvandlik va narkomafiyaga qarşi kuraşayotgan sifatida körsata boşlaydi, ijtimoiy tarmoqlarda «şovqin» kötaradi. Faktlar Rappler tomonidan tekşirilganda, fotosurat Braziliyada olingani, hukumat işlari esa odamlar ongini manipulyatsiya qilişga urinişdan boşqa narsa emasligi ma'lum böladi.
Suriştiruvlarga köra, Dutertega tegişli ekani aytilayotgan naşrlar ijtimoiy tarmoqlarda bir qança soxta maqolalar çop etadi. Prezident muxolifatlari saylovda firibgarlik işlatganlikda yoki giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlikda ayblanadi.
Ma'lumotlarga köra, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlar Xitoydan, ma'lum qismi esa Saudiya Arabistonidan boşqarilgan.
Zöravonliklar
2016 yilda Duterte haqidagi yana bir maqola çop etilgandan söng Mariya Ressaga «trollar» hujum qilişadi va uni haqoratli izohlar bilan «siylaşadi». Hujum hozirgaça davom etmoqda va bu Xalqaro jurnalistlar markazi tomonidan ötkazilgan tadqiqot uçun ham asos böladi. Facebook va Twitter’dagi «nafratli» izohlarning deyarli 60 foizi uning professional obrösiga putur yetkazişga qaratilgan bölsa, 40 foizida şaxsiyati va taşqi körinişi muhokama qilingan. Facebook’da Ressa qöllab-quvvatlangan har bir izohga örtaça 14ta nafratli izoh töğri keladi.
Ötgan beş yillik davr mobaynida Mariya Ressaga deyarli har kuni ölim xatlari, zörlaş, qiynoq va qotillik tahdidlari bilan xabarlar kelgan.
Hisobot mualliflariga köra, bunday hujumlarning oqibatlari qurbonlar uçun ham şaxsiy, ham professional darajada halokatli bölişi mumkin, şuningdek, ularning oilalari va yaqinlariga ayançli darajada ruhiy ta'sir qiladi.
Rappler boşqa maşhur maqolalarini ham e'lon qilgandan keyin Ressaga tahdidlar yanada kuçayadi. Facebook jurnalistni qöllab–quvvatlaşini bildiradi va har qanday tahdid yoki haqorat haqida şunçaki şikoyat qilişini söraydi, lekin Ressaning hisob-kitob qilişiça, bitta izoh haqida şikoyat yuborganida, unga yana şunday törtta «nafratli» izoh kelgan böladi.
Ressa qaraşlarini hamma ham birdek qabul qila olmasligini va nafratli izohlarni qabul qilişga örganib qolganini aytib ötgan.
Ta'qiblar
Hatto saylovoldi kampaniyasi paytida ham Duterte ölim jazosini tiklaş niyatida ekanini e'lon qildi va Manila körfazidagi baliqlar jinoyatçilar göşti bilan töydirilişi haqida va'dalar beradi.
Xalqaro Amnistiya taşkiloti ma'lumotlariga köra, uning prezidentligining dastlabki olti oyida saylovçilarga va'da qilingan «giyohvandlikka qarşi kuraş» doirasida yetti mingdan ortiq odam sudsiz va tergovsiz öldirilgan. Ammo prezidentga ommaviy axborot vositalari uning iş uslubini yoritişi yoqmagan.
2017 yilda Duterteni tanqid qilgan Daily Inquirer naşri prezident bilan aloqasi bor milliarder Ramon Anguga sotib yuborilgan. 2020 yilda mamlakatning eng yirik ABC-SBN telekanali (11 ming xodim işlaydi) efiri uzib qöyiladi, Kongress telekanal litsenziyasini yangilamaydi.
Rapplerʼga ham hukumat tomonidan köplab bosimlar ötkazilgan. 2017 yilda Rodrigo Duterte naşrga amerikaliklar xöjayinlik qilişi va tahririyat siyosatini belgilab berişi haqida aytib ötgan.
2018 yilda Rappler muxbiri bilan gaplaşgan prezident: «Agar sizlar bizga axlat irğitmoqçi bölsangiz, biz qila oladigan narsa tuşuntirişdir. Lekin siz ham pokmisizlar?» deydi.
Öşa yili prezident Rappler muxbirlariga ularning rasmiy faoliyatini taqiqlaganini e'lon qiladi va hukumat hatto saytning litsenziyasini ham bekor qiladi.
Ressa köplab sudlarda qatnaşişga majbur bölgan. Rappler saytining öziga nisbatan 11ta jinoiy iş oçilgan. Ressani esa soliqlarni tölamaslik, tuhmat qiliş, xorijliklarning naşrga rahbarlik qilişi töğrisidagi qonunni buzişda hamda internetda tuhmat tarqatişda ayblaşgan.
Oxiri Mariya Ressa Buyuk Britaniyaga jönab ketadi va hatto AQŞga qaytiş haqida öylay boşlaydi. Ammo vataniga qaytib keladi va kuraşişga qaror qiladi.
Filippin jurnalistlar uçun dunyodagi eng xavfli davlatlardan biri hisoblanadi, 1992 yildan beri bu yerda 87 nafar muxbir öldirilgan, ulardan töqqiz nafari Duterte davrida.
Matbuot anjumanlaridan birida prezidentga bu vaziyat uçun izoh berişini iltimos qilişadi. «Agar siz jurnalist bölsangiz, bu sizni öldiriş mumkin emasligini anglatmaydi», deya fikr bildirgan Duterte.
Mamlakatdagi köpçilik jurnalistlar hujumga uçragan, kaltaklangan va ularga suiqasdlar uyuştirilgan.
Ressa unga qarşi qilingan barça işlarni «siyosiy qurollar» deya ta'riflaydi. U Filippindagi söz va matbuot erkinligi uçun kuraş ramziga aylangan. 2018 yilda Time jurnali Mariya Ressani yil odamlari sifatida tan olingan jurnalistlar qatoriga qöşgandi.
Filippinda Ressaga qarşi 10ga yaqin jinoiy iş qözğatilgan va agar u bu işlarning hammasida aybdor deb topilsa, 100 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
«Faktlarsiz dunyo baribir haqiqatsiz va işonçsiz dunyo bölib qoladi. Hozir jurnalist bölişning ayni vaqti. Qaçonki bu iş bilan şuğullaniş xavfli bölsa, demak, bu aynan eng kerakli palla», degan Mariya Ressa öziga mukofot berilganidan keyingi izohida.