“Bu sohada 1 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oşirilib, quvvati 1 ming 200 megavatt bölgan elektr stansiyalari barpo etiladi. Misol uçun, Ğallaorolda Birlaşgan Arab Amirligining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 150 million dollar sarmoya hisobiga quvvati 220 megavatt bölgan quyoş elektr stansiyasi iş boşlaydi.

Töqimaçilik sanoatiga ixtisoslaşgan Paxtakor, Arnasoy, Zarbdor, Şarof Raşidov tumanlari va Jizzax şahrida 550 million dollarlik 67 ta yangi korxona faoliyati yölga qöyiladi. Misol uçun, Arnasoyda 25 million dollarlik mato böyaş va unga gul bosiş loyihasi doirasida 1 mingta doimiy iş örni yaratiladi. 

Şuningdek, viloyatda yiliga 50 ming tonna sun'iy tola işlab çiqariş quvvatlari bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi. Natijada, ip-kalava işlab çiqariş 1,7 barobar, gazlama mato 5 barobar, trikotaj mato 1,5 barobar va tayyor mahsulot 3 barobarga oşiriladi.

Oziq-ovqat sanoatida 720 million dollar bölgan 250 ta loyiha doirasida 10 mingta yangi iş örinlari taşkil etiladi. Bunda, yuqori salohiyatga ega hisoblangan meva-sabzavot, göşt va sutni çuqur qayta işlaşni rivojlantirişga katta e'tibor qaratiladi. Jumladan, Şarof Raşidov tumanida töliq xorijiy investitsiyalar hisobiga 270 ming tonna mahsulotlarni qayta işlaş, 30 ming tonna saqlaş quvvatlariga ega “Mega-agrologistika kompleksi” işga tuşiriladi.

Çarm-poyabzal sanoatida Döstlik, Ğallaorol va Şarof Raşidov tumanlari hamda Jizzax şahrida 128 million dollarlik 30 ta loyiha amalga oşiriladi va 11 ming iş örni yaratiladi. Misol uçun, Şarof Raşidov tumanida çarm mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan sanoat zonasi taşkil etiladi va 16 ta loyiha amalga oşiriladi. Natijada, eksport hajmi 5 barobarga oşib, 100 million dollarga yetkaziladi.

Farmatsevtika sanoatida imkoniyat katta bölgan Baxmal, Zomin, Foriş, Ğallaorol tumanlarida qiymati 350 million dollarlik 42 ta investitsiya loyiha amalga oşirilib, 15 mingta yangi iş örinlari yaratiladi. Buning uçun har bir tumanda ming gektardan plantatsiyalar taşkil etilib, dorivor ösimliklar yetiştiriş va çuqur qayta işlaş böyiça 4 ta klaster barpo etiladi.

Eng muhimi, sanoati past bölgan Yangiobod, Zafarobod, Mirzaçöl, Döstlik va Baxmal tumanlari uçun, yangi korxonalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, yangi loyihalarga uç yil davomida soliq va bojxona imtiyozlari beriladi, “bir darça” tamoyili asosida oilaviy tadbirkorlik va kiçik biznes uçun, minitexnologiyalarni yetkazib beriş, ularni 100 ming dollargaça moliyalaştiriş va öqitiş xizmatlari yölga qöyiladi. Bunga 100 million dollar imtiyozli resurslar ajratiladi.

Şu bilan birga, Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni hukumati bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş jamğarmasi”dan viloyatdagi kiçik biznes va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş uçun yana 100 million dollar yönaltiriladi. Bu orqali 25 ming nafar aholining bandligi ta'minlanadi.

Umuman, viloyatda kiçik sanoat zonalari soni 23 tadan 40 taga yetkaziladi, hamda ularda 201 million dollarlik 375 ta katta-kiçik loyiha amalga oşirilib, 10 mingta yangi iş örinlari taşkil etiladi. Viloyatdagi iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta'minlaşga budjetdan 320 milliard söm yönaltiriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.