O‘zbekiston | 20:00 / 16.11.2021
7467
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi muzeyidan mingdan ortiq eksponat o‘rin oldi

Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosida institut muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori, professor Jasur Rizayev hamda muassasa professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Samarqand davlat tibbiyot instituti 1930yilda tashkil topgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi tibbiyot oliygohilaridan biri hisoblanadi. Uzoq tarixiy vaqt davomida institut 40 mingdan ortiq tibbiyot mutaxassislari, yuzlab fan, davlat va jamoat arboblari, 7 nafar akademik va yuzlab professorlarni tayyorlab bergan. Institutning yangi ochilgan tarix muzeyida uning shonli tarixidan lavhalar joy oldi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Innovatsion yondashuv bilan mohirona tashkil etilgan ekspozitsiyalardan oliygoh faoliyatiga oid 1000 dan ortiq noyob eksponat joy oldi. Ma'lumotlar to‘rt davrni ichiga olgan holda, interaktiv panellarga katalog ko‘rinishda joylashtirildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Muzeyda Samarqand davlat tibbiyot institutining tashkil topishi va uning rivojlanishi (1930-1941yy), institut Ikkinchi jahon urushi davrida (1941-1945 yy), Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda (1945-1960 yy), institutining keng rivojlanish davri (1960-1990 yy), O‘zbekiston mustaqilligi yillarida (1991-2016 yy) hamda Yangi O‘zbekiston davri(2016-2021 yy) jarayonlari aks etgan. Shu bilan bir qatorda, SamDTIda tashkil topgan va rivojlangan ilmiy maktablar, kafedralar, shifoxonalar, klinikalar, institutni bitirib chiqqan mashhur olimlar, shifokorlar, davlat va jamoat arboblarining ham eksponatlari o‘rin olgan.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Rektor Jasur Rizayev muzeydagi eksponatlarni yanada boyitish istagini bildirgan institut xodimlariga minnatdorchilik bildirdi va keng jamoatchilikni ushbu xayrli ishga chorladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

Mavzuga oid