O‘zbekiston | 18:21 / 16.12.2021
34432
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Seul aeroportida kutib olindi

O‘zbekiston prezidentining Koreya Respublikasiga uch kunlik davlat tashrifi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga yetib bordi.

Seul shahridagi aeroportda davlat rahbarini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, artilleriyadan to‘plar otildi.

Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Hong Nam Ki va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari - ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar 17 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Tashrif 18 dekabrga qadar davom etadi. Tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mavzuga oid