Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk transportiga vazniga qarab shahar markaziga kirish uchun cheklovlar joriy etiladi
Toshkent shahrida yuk transporti tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bu Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2022-2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, Toshkent shahriga kirishda yuk avtomobillari vazni va gabaritini o‘lchash uchun ko‘chma mobil vazn nazorati moslamalari (tarozilar) o‘rnatish mo‘ljallanmoqda. Bunda, Toshkent shahri va Toshkent viloyati YPX maskanlarida (Qo‘ng‘irot, Bektemir, Sharq, Uch Qahramon, Keles va Turbanov) 6 dona turg‘un tarozilar o‘rnatiladi.
Transport vazirligi va YHX boshqarmasi inspektorlaridan tarkib topgan nazorat guruhi tashkil etiladi, nazorat guruhi 2 dona mobil tarozilar bilan ta’minlanadi va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
Yuk avtomobillari uchun shahar tashqarisidagi hududlarda zamonaviy avtoturargohlar (Track Stop) hamda ular joylashgan hududlarda logistika xizmatlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Toshkent shahri va viloyati hududida THAY bo‘yida avtoturargohlar (Track Stop) barpo etish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tender natijalariga ko‘ra yer maydoni ajratiladi. Yuk avtomobillari uchun zamonaviy avtoturargohlar (Track Stop) quriladi.
Toshkent shahri yo‘llarida tirbandlikning oldini olish maqsadida yuk avtotransporti vazniga qarab shahar markaziga kirish uchun cheklovlar joriy etish ham rejalashtirilgan.
Toshkent shahri hududida yuk transporti harakatiga ma’lum vaqt oralig‘ida cheklovlarni o‘rnatish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahri Nurafshon halqa aylanma yo‘li ichida N2 va N3-toifadagi yuk transporti harakatlanishini cheklash, Toshkent shahri Kichik halqa aylanma yo‘li ichida N3-toifadagi yuk transporti harakatlanishini cheklash, yuk transporti harakatini taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish mo‘ljallangan.
Yuk transport vositalari faoliyatini raqamlashtirish ishlari ham kutilyapti. Yuk transporti tizimi uchun yukni taqsimlash, yetkazib berishda buyurtmalarni qabul qilish va yuk ko‘tarish qobiliyatidan kelib chiqib, yuklarni manzillarga yetkazishni nazorat qilish bo‘yicha yagona elektron platforma joriy etiladi. Yuk transporti tizimidagi harakat tarkibi yagona elektron platforma dasturiga ulanadi.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026