Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Xitoydan olib kelingan elektromobillar soni 600tadan oshdi
11 oyda 689 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi 7 baravardan oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 592 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.
2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 608 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- AQSh – 20 ta;
- Litva – 13 ta;
- Germaniya – 11 ta;
- Koreya – 5 ta;
- Ispaniya – 2 ta;
- Rossiya – 2 ta;
- Ukraina – 2 ta;
- Hongkong – 1 ta;
- BAA – 1 ta.
Avvalroq, noyabr oyida 1,8 mln dollarga 76 ta elektromobil olib kelingani xabar berilgandi.