27 dekabr kuni xorijiy davlatlarning Özbekistonga yangi tayinlangan elçilari tomonidan işonç yorliqlarini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Latviya Respublikasi elçisi Reynis Trokşa, Vengriya elçisi Dyula Kovaç, Fransiya Respublikasi elçisi Oreliya Buşez va Saudiya Arabistoni Podşohligi elçisi Yusuf al-Utaybiydan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlat rahbari yangi tayinlangan elçilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boşlagani bilan samimiy tabrikladi.

Özbekiston xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan konstruktiv muloqotni rivojlantiriş, özaro manfaatli şeriklikni kengaytirişga muhim ahamiyat qaratayotgani ta’kidlandi.

Prezident mamlakatimiz demokratik yangilanişlarni davom ettiriş, Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida kompleks islothotlarni amalga oşirişda izçillikni ta’minlaş yölida qat’iy ekanini qayd etdi.

Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, erkin va  oçiq jamiyat, xalqçil davlat barpo etiş boş maqsad qilib belgilangan.

Özbekistonni 2030 yilga borib aholi daromadlari örtaça körsatkiçdan yuqori bölgan mamlakatga aylantiriş asosiy vazifadir. Şu maqsadda bozor islohotlarini çuqurlaştiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş, xorijiy investitsiya va texnologiyalarni keng jalb etişga katta e’tibor qaratilmoqda.

Pragmatik va çuqur öylangan taşqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya bundan buyon ham davom ettiriladi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlari va şeriklik aloqalarini mustahkamlab boriş ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi.