Burkina-Faso taşkilotçilarni mezbonlarga yordam berişda aybladi
Afrika millatlar kubogidagi ilk mojaro turnir startidan avval röy berdi. Burkina-Faso milliy jamoasi boş murabbiyi va sardori Afrika futbol konfederatsiyasini (CAF) mezbon Kamerunga yordam berişda aybladi. Gap şundaki, turnirning oçiliş bahsi Kamerun – Burkina-Faso öyinidan avval taşkilotçilar mehmon jamoa tarkibidagi 5 futbolçi va 4 nafar xodimning koronavirusga topşirgan testi musbat natijani berganini ma’lum qilib, ularni karantinga olişga buyurdi. Bu esa Burkina-Faso milliy jamoasi vakillarining noroziligiga sabab böldi. Ular futbolçilar özini yaxşi his qilgani, ammo taşkilotçilar jamoani sun’iy kuçsizlantirişda ayblaşdi. Ustiga-ustak, CAF tibbiy bölim xodimlarini test oliş uçun keçga yaqin yuborgani Burkina-Fasoning muhim öyin oldidan maşğuloti qoldirilişiga sabab böldi. Bu bilan taşkilotçilarning özi turnir reglamentini buzişdi – futbolçilardan test oliş eng keçi öyindan 48 soat avval amalga oşirilişi belgilab qöyilgandi.

Öyindan avvalgi mojarolar maydonga ham köçdi. Turnirning ilk öyinida Burkina-Faso tarkibdagi muammolarga qaramay, hisobni oçgan bölsa-da, endi hakamlar yordamga oşiqişdi – mezbonlar bölim yakunida bir emas, ikkita penalti kiritib, Kamerun öz uyidagi turnirni «tantanali» oçib berdi – 2:1.
Rojye Milla Şimoliy Afrika milliy jamoalariga Osiyo yoki Yevropaga köçib ketişni maslahat berdi
Aslida 2021 yilning yozida ötişi rejalaştirilgan Afrika millatlar kubogi dastlab Kamerundagi yozgi yomğirlar mavsumi sababli qoldirilgan bölsa, keyin koronavirus tufayli 2022 yilda ötkazilişi ma’lum qilingandi. Bundan norozi bölgan Şimoliy Afrikaning Misr, Jazoir, Tunis va Marokaş singari mamlakat futbol assotsiatsiyalari mezbonlikni Kamerundan tortib oliş masalasini muhokama qildilar. Bu esa Kamerun milliy jamoasi afsonaviy sobiq futbolçisi Rojye Millaning keskin tanqidlariga sabab böldi.

«Bu mamlakatlar avvaldan hamma narsani buzib kelgan. Ular har doim tartibsizliklar qilişadi. Bu töğri emas. Agar ular özlarini afrikalik deb hisoblaşmasa, marhamat, Yevropa yoki Osiyoda borib öynaşsin. Afrikada talotöp qilişmasin! Ularning boşqa mamlakatlar haqida doim yomon fikrlar bildirişini tuşunmayman», - deya Rojye Millaning sözlarini keltirgan Le Parisien naşri.
Otişma sababli maşğulotlar bekor qilindi
Turnir startidan avval Afrikadagi jangari guruhlardan biri turnir davomida terakt va qöporuvçilik amaliyotlari bilan tahdid qilgan, Kamerun hukumati esa turnir davomida xavfsizlik masalada heç qanday muammo bölmasligiga kafolat bergandi.
Ammo 12 yanvar kuni stadion yaqinidagi otişmalar sababli Mali milliy jamoasining maşğulotlari ikki marta ham bekor qilindi. Öşa kuni hukumat qöşinlari va Şarqiy Kamerundagi isyonçilar örtasida otişmalar röy bergan. Buea markaziy bozoridagi xunrezlik oqibatida 2 kişi halok bölgan, 5 kişi tan jarohati olgan.
Ğalati hakamlik. Referi öyinni ikki marta ham erta yakunladi
Mali milliy jamoasi Tunisga qarşi öyindan avval otişmalar sababli maşğulotlarini töxtatişga majbur bölgan bölsa-da, öyindagi ğalati hakamlik uçun ğalabasidan mosuvo bölişi mumkin edi. Uçraşuv boş hakami zambiyalik Janni Sikazve dastlab 85-daqiqada öyin yakunlagani haqida huştagini çalib, kulgiga sabab böldi. Unga xatosini tuşuntirişgaç, zambiyalik referi öyinni qaytadan davom ettirdi va 89-daqiqaning 42-soniyasida yana huştak çalib, öyinni tugatdi. Bu esa 0:1 hisobida mağlubiyatga uçrayotgan tunisliklarning noroziligiga sabab böldi. Şu kuni ikki marta penalti, çetlatiş va 8ta özgariş kuzatilgan bahsda kamida yana 6-7-daqiqa qöşib berilişi lozim edi. Stadionda uçraşuvdagi vaqtni körsatadigan tablo ham bölmagan.
Tortişuvlardan söng Afrika futbol konfederatsiyasi öyin yakunidan 40 daqiqa ötgaç, uçraşuvni qayta davom ettirişga qaror qilgan. Bunga Mali ham rozi edi. Ammo Tunis jamoasi delegatsiyasi öyin hisobini bekor qiliş va uçraşuvni qaytadan ötkaziş ilinjida, jamoa futbolçilari 35 daqiqa davomida muzli vannada bölganini aytib, maydonga qaytişni istamagan. Yakunda öyin natijasi qoldirildi.

«Şunça yillardan buyon murabbiy sifatida işlab, bunaqasini heç qaçon körmagandim. Zaxiradagi hakam öyinga vaqt qöşib bermoqçi bölayotganida boş hakam asosiy vaqt yakunlanmay turib, öyinni tugatib qöya qoldi. Hakamning qarorlarini heç qanaqasiga tuşunib bölmaydi», - dedi öyindan keyin Tunis boş murabbiyi Monder Kobayyer.
Uç marta ham boşqa mamlakat madhiyasi yangradi
Mavritaniya – Gambiya örtasidagi uçraşuv zerikarli ötgan bölsa-da, öyindan avvalgi voqea internet tarmoqlarida kulgiga sabab böldi. Öyindan avval turnir taşkilotçilari Mavritaniya madhiyasini qöyişda uç marta ham xatoga yöl qöyib, stadionda boşqa mamlakat madhiyasi yangradi.
Afrika futbol konfederatsiyasi vakillari xatolikdan keyin futbolçilarning özidan madhiyani jör bölib aytişni söraşdi, ular esa rad etişdi. Oxir-oqibat Mavritaniya öyinda mağlubiyatga uçradi – 0:1.
Ayyu – himoyaçi, Mahrez – tayanç yarimhimoyaçisi va 5-5-0 taktik sxemasi
Afrika millatlar kubogining rasmiy translyatori öyinlardan avval futbolçilarni ekranda joylaştirişda qöpol xatolarga yöl qöymoqda. Bungaça Gana milliy jamoasi vingeri Ayyu himoya markaziga qöyilgan bölsa, Jazoir milliy jamoasining hujumkor yetakçisi Riyod Mahrez tayanç yarimhimoyaçisi sifatida belgilangandi. «Lester» qanot himoyaçisi Amarti hujumga qöyilgan bölsa, Misrning Nigeriyaga qarşi uçraşuvida Saloh yetakçiligidagi jamoaning taktik sxemasini 5-5-0 qilib joylaştirişdi. Bu esa Yevropada kulgiga sabab bölmoqda.
Gabon – «töpolonçilar jamoasi»
Gabon milliy jamoasi Afrika millatlar kubogining eng muammoli va töpolonçilar jamoasi bölib turibdi. Turnir startigaça milliy jamoa futbolçilari saralaş bosqiçidagi bonuslar tölanmagani uçun Gabon futbol assotsiatsiyasiga iş taşlaş bilan tahdid qilgan bölişsa, musobaqa boşlangaç jamoa yulduzlari Mario Lemina va Per-Emerik Obameyang «tomoşa körsatib», milliy jamoadan quvildi.

Gap şundaki, uşbu öyinçilar Yevropadan milliy jamoa ixtiyoriga borişda Dubaydagi tungi barlarda köngilxuşlik qilişgan. Gabon milliy jamoasi safiga qöşilgaç esa, köp ötmay ularda koronavirus aniqlandi. Milliy jamoasining birinçi öyinini ötkazib yuborgan gabonlik yulduzlar, oxir-oqibat tanqidlar ostida milliy jamoa ixtiyorini ham tark etib, Yevropaga qaytişdi. Gabonlik muxlislarning tanqidlaridan keyin «Nitssa» a’zosi Mario Lemina milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Gabondan quvilgan, «Arsenal»dan sardorlik boğiçidan mahrum etilgan Obameyang esa qişki transfer oynasida London jamoasini ham tark etsa, ajab emas.










