Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi ochilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qitish tizimi va imtihon jarayoni haqida ma’lumot berildi
2022/23 o‘quv yilida yangi maktablarga 5–11-sinfga o‘quvchilar qabul qilinadi. Har bir sinfda 24 nafardan o‘quvchi tahsil oladi.

Foto: Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022/23 o‘quv yili uchun qabul jarayoniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim jarayoni haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Agentlik rahbari Hilola Umarovaning ta’kidlashicha, yangi tashkil qilinayotgan 168ta maktab xalqaro standart bo‘yicha aniq va tabiiy fanlarga yo‘naltiriladi. Darsliklar, ta’lim metodikasi agentlik tizimidagi maktablar bilan bir xil bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktablar katta sinflarida amaliyot o‘tash, 2-til o‘rganish va qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarga qatnash imkoniyati bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, 2022/23 yillarda respublika bo‘ylab ochilayotgan 168ta yangi maktabning 23tasi maktab-internati bo‘ladi. Unda o‘quvchilar 1 hafta davomida yotib qolib, dam olish kunlari uyiga ketadi. Qolgan 145tasi esa uyga qatnab o‘qiydigan ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ladi.
PTMA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayevga ko‘ra, bu yil 5-11-sinflarga qabul bo‘ladi. Har bir sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Har bir maktab uchun umumiy kvota esa turlicha bo‘lishi mumkin. Maktab sig‘imi, hududdagi aholi sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Imtihonlar bir bosqichli test bo‘ladi. Testdan yuqori ball olgan o‘quvchilar tepadan pastga qarab, berilgan kvotaga ko‘ra maktablarga qabul qilinadi.
Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:
– matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;
– matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;
– biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;
– biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yo‘nalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

23:48 / 15.07.2025
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

10:04 / 14.07.2025
Oliygohlarga kirish imtihonlari boshlandi

15:45 / 08.07.2025