Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi global gumanitar fojiaga sabab böldi va Ikkinçi jahon uruşidan beri odamlarning eng katta köçirilişiga olib keldi. 22 iyun, çorşanba kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA) Rossiya harbiy agressiyasi tufayli yuzaga kelgan gumanitar muammolarni hal qiliş böyiça rezolyutsiyalar töplamini qabul qildi.
«Hozir içki köçirilganlar va Ukrainadan kelgan qoçqinlar uçun munosib va istiqbolli hayotni ta’minlaşga bölgan ehtiyoj juda katta hamda mavjud resurslardan ança yuqori. Bu gumanitar inqirozning uzoq muddatli oqibatlarini inkor etib bölmaydi», - deya ta’kidladi YeKPA deputatlari.
Uruşdan qoçib, 6 milliondan ortiq odam Ukrainani tark etdi va Yevropa mamlakatlariga keldi, 7 milliondan ortiq kişi mamlakat içida boşqa joyga köçib ketdi, har ikkinçi ukrainalik bola qoçqinga aylandi. Bu raqamlar nafaqat «öz suvereniteti va demokratik qadriyatlarini himoya qiliş uçun aql bovar qilmaydigan sa’y-harakatlarni amalga oşirayotgan» Ukraina, balki butun Yevropa misli körilmagan gumanitar inqirozga duç kelganining dalilidir. Migratsiya oqibatlari töğrisida rezolyutsiyada millionlab ukrainalik qoçqinlarga yordam körsatayotgan Yevropa davlatlarining «ajoyib birdamligi» qayd etilgan.
Öz mamlakatini tark etgan ukrainaliklar «oğir dilemmaga duç kelişdi: bir tomondan, imkon qadar tezroq vatanga qaytiş, ikkinçi tomondan, vaqtinça himoya topgan mamlakat jamiyatiga qöşiliş». Bunday vaziyatda, YeKPA qoçqinlarga vaqtinçalik bölsa-da, «özlari istiqomat qilayotgan mamlakat jamiyatida munosib örin» topiş uçun harakat qilişni tavsiya etadi. Ayni vaqtda assambleya Yevropa kengaşiga a’zo mamlakatlarni buning uçun qölidan kelgan barça işni qilişga çaqirdi. Ukrainadan öz hududida bölgan bolalar sentabr oyida yangi öquv yilini boşlaşlari mumkin. Ammo şu bilan birga, rezolyutsiyada ta’kidlanişiça, bolalar uyga qaytganida, Ukraina ta’lim tizimi çet elda olgan bilim haqidagi hujjatlarni tan olişi kerak.
Iş topiş ukrainalik qoçqinlar uçun yana bir ötkir muammoga aylandi, çunki Yevropa mamlakatlarida işga joylaşiş uçun Ukraina diplomlari va kasbiy malaka hujjatlarini rasmiy tasdiqlaş kerak. Qarorda aytilişiça, 2017 yilda Yevropa kengaşi tomonidan işlab çiqilgan Qoçqinlar uçun Yevropa malaka pasporti vaziyatni özgartirişi mumkin. Malaka pasporti, maxsus metodologiyadan foydalangan holda, insonning ma’lumoti va kasbiy darajasini baholaydi. Garçi bu hujjat malakaning rasmiy tan olinişi bölmasa-da, unda töplangan işonçli ma’lumotlar Yevropa kengaşiga a’zo mamlakatlarda iş topiş jarayonini sezilarli darajada osonlaştiradi, deyiladi hujjatda.













