Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
6 iyul kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (KShHTB) parafirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Yevropa tomonidan esa Yevropa Ittifoqi Oliy vakili xizmatining rahbari Pedro Serrano ishtirok etdi.
Yangi bitim O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi 1996 yilda imzolangan amaldagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rniga ishlab chiqilgan hamda ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi ko‘zda tutilgan.
Amaldagi Bitim asosan siyosiy muloqot, demokratiya, inson huquqlari sohasidagi hamkorlik, madaniy aloqalarni ilgari surish, moliyaviy va texnik hamkorlik, investitsiyalar, tovar va xizmatlar savdosi, shuningdek intellektual mulkni himoya qilish borasidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi.
KShHTB kengroq masalalarni qamrab oladi. Ular orasida savdo va unga tegishli masalalar, shu jumladan bojxona ma’murchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari, raqobat va davlat korxonalarining faoliyati, davlat xaridlari, nizolarni hal qilish va boshqa sohalar bilan bog‘liq qoidalardan iborat.
Bundan tashqari, yangi Bitim Jahon savdo tashkilotining asosiy qoidalarini o‘z ichiga olgani natijasida investitsiyaviy sheriklik, tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi sohalaridagi munosabatlar doirasi sezilarli darajada kengaytirildi.
Shuningdek, KShHT bitimi tashqi siyosat, xavfsizlik, mojarolarning oldini olish va risklarni boshqarish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, boshpana berish va chegaralarni boshqarish, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, terrorizmga qarshi kurash kabi yangi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yangi bitim endi hadli bo‘lmasdan, balki O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida, boshqa yo‘nalishlar qatorida, savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida keng ko‘lamli hamkorlikning to‘laqonli mexanizmini yaratadi.
KShHTB loyihasi bo‘yicha muzokaralar 2019 yil fevral oyida boshlangan va 2022 yil iyun oyi oxirida yakunlangan. Ushbu davr mobaynida ekspertlar, bosh muzokarachilar hamda hukumat a’zolari darajasida 10 raund muzokaralar va 150 dan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shubhasiz, KShHTB O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalashuviga yordam beradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini mustahkamlaydi, xorijiy investorlar va ishbilarmon doiralarning mamlakatga bo‘lgan ishonchi va qiziqishini oshiradi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlari bilan savdo sohasida hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.
Marosim davomida tomonlar KShHTB parafirlash va uning kuchga kirishi uchun zarur huquqiy tartib-tamoyillarni nihoyasiga yetkazish, shundan so‘ng uning to‘liq va sifatli hayotga tatbiq etilishini ta’minlash uchun birgalikda ishlashga tayyorliklarini ta’kidladilar.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

00:57
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

13:48 / 19.07.2025
YeI Rossiyaning 22 ta banki va rejisser Shaxnazarovga qarshi sanksiyalar kiritdi

13:47 / 19.07.2025
YeI RFPI va uning shu’ba korxonalari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqladi

22:58 / 18.07.2025