Germaniya Yer tadqiqotlari markazining “Markaziy Osiyoda suv” loyihasi rahbari, Berlindagi Humboldt universiteti dotsenti Abror Ğafurov Kun.uz bilan suhbatda Markaziy Osiyoda suv resurslari taqçilligi vujudga kelişi sabablari, Özbekiston uçun suv manbalarining ahamiyati, iqlim özgarişining toğ muzliklariga ta’siri haqida ma’lumot berdi.
“Iyul-avgust oylarida suv resurslarining keskin kamayib ketişi kutilmoqda”
— Markaziy Osiyoda suv resurslari taqçilligining vujudga kelişiga ikkita omil ta’sir ötkazmoqda. Birinçisi, bu iqlimning özgarişi bölsa, ikkinçisi, aholi soni oşib borişidir.
Iqlim özgarişi oqibatida suv resurslari hosil böliş jarayoni özgarib bormoqda. Jazirama issiq tufayli me’yoridan ortiq buğlaniş hosil bölişi bunga bir sabab bölsa, toğlardagi mavsumiy suv zaxiralari yildan yilga kamayib borayotgani ikkinçi muhim omildir.
“Özgidromet”ning kuzatuv ma’lumotlariga asoslangan holda olib borgan ilmiy işlarimiz natijasiga köra, birgina Toşkent şahrida oxirgi 100 yil içida iyul oyidagi maksimal havo harorati qariyb 2° S ga oşgan. Bu juda katta körsatkiç va hududimizdagi suv resurslari hosil böliş jarayoniga ta’sir körsatmay qolmaydi. Bir neça yildan buyon köp ma’ruzalarimda kelajakda iyul-avgust oylarida suv resurslari keskin kamayib ketişi töğrisida gapirib kelaman. Hozir şu jarayonning boşlanğiç nuqtasida turibmiz. Maqsadim – salbiy ma’lumot tarqatiş emas, balki ilm-fan orqali aniqlik kiritişga muvaffaq bölingan iqlim özgarişining salbiy ta’sirlaridan keng jamoatçilikni xabardor qiliş. Umuman olganda, muammoni yaşiriş unga qadam qöyiş bilan teng böladi.
Öz navbatida, yuqoridagi ikkinçi omil birinçi omil bilan boğliq. Ya’ni aholi soni köpayib borar ekan, suvga xam talab ortib boraveradi. Suv miqdori kamayib ketayotgan bir paytda unga bölgan talab aholi sonining köpayişi oqibatida oşib boraversa, suv taqçilligi yanada yaqqol muammo sifatida namoyon böla boşlaydi.
“Suv resurslari taqçilligi nafaqat oziq-ovqat xavfsizligiga, balki aholi bandligiga ham jiddiy ta’sir körsatadi”
— Özbekistonda qişloq xöjaligi sektoridan olinadigan daromad umumiy yalpi içki mahsulotning taxminan 25 foizini taşkil qiladi. Respublikada qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, yoz oylari quruq va yoğingarçiliksiz keçişi bois, suğoriş tizimiga qattiq boğlangan. Mana şu faktning özi ham suv resurslarining ahamiyati qay darajada muhimligidan dalolat beradi.
Bundan taşqari, Özbekistonda qişloq xöjaligi sektori aholining taxminan 25-30 foizini iş bilan ta’minlaydi. Bundan kelib çiqilsa, suv resurslari nafaqat oziq-ovqat xavfsizligiga, balki aholi bandligiga ham jiddiy ta’sir körsatadi. Şuning uçun ham Özbekiston uçun yagona yöl kelajakda bizni kutayotgan suv resurslari bilan boğliq şaroitga vaqtida tayyorlanişdir.












