Kinoga köçgan hayot: Bedarak yöqolgan hindistonlik bola 25 yildan söng onasini qanday topgandi?
|19:51 / 14.08.202256 8739 min
Hayotda çigal taqdirga duç kelgan insonlar juda köp. Kelib çiqişi hind bölgan avstraliyalik tadbirkor va yozuvçi Saru Brayyerli ham ana şundaylardan biri. Saru 5 yoşda uyidan adaşib boşqa şaharga borib qoladi va uni avstraliyalik oila boqib oladi. Oradan 25 yil ötgaç Saru uyini topib kelib, onasi bilan yuz körişadi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Hindiston aholi soni böyiça dunyoda Xitoydan söng ikkinçi örinda turadi. Uning aholisi soni 1,4 milliard nafardan oşgan. Bugun Hindiston aholisining qariyb 30 foizini 15 yoşdan kiçik bölganlar taşkil etadi.
Bolalar soni köpligi, qaşşoqlik tufayli voyaga yetmaganlarning mehnat bilan şuğullanişi ortidan Hindistonda köplab bolalarning umri köçada ötadi. Bunday şaroitda har yili ön minglab bolalar bedarak yöqoladi.
Ularning bir qismi noqonuniy tarzda inson içki a’zolari savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhlar qurboni bölsa, yana bir qismi mamlakatning boşqa joylariga adaşib ketib qoladi. Kelib çiqişi hindistonlik bölgan avstraliyalik taniqli tadbirkor Saru Brayyerlining taqdiri ham şunday keçgan.
www.filmbiz.asia
Saru 5 yoşida poyezdga çiqib yaşab turgan joyidan 2 ming kilometr uzoqlikdagi boşqa şaharga borib qoladi va şu tariqa bedarak yöqoladi.
Bedarak yöqolgan öğil
1986 yil, Hindistonning Burhonpur şahri yaqinidagi Xandva şaharçasidagi Ganeş Talay mahallasi. Kambağal oila a’zosi bölgan Gudu 5 yoşli ukasi Saru bilan işlaş uçun temiryöl stansiyasiga borişadi.
Bolalarning otasi taşlab ketgan, ular singlisi va yana bir akasi bilan onasining qölida qolgan edi. Ona arzimagan maoş evaziga qurilişda işlar, uning topgani oilani boqişga yetmasdi.
Gudu akasi Kallu va ukasi Saru bilan temiryöl stansiyasiga çiqib vagonlarni tozalaşar, yölovçilarning sumkasini taşib berişar, şu yöl bilan pul topib onalariga yordam berişardi.
Kunlardan bir kun Gudu ukasini bilan birga tunda Burhonpur şahridagi temiryöl stansiyasiga boradi. Gudu ukasini örindiqda uxlatib qöyib, bir özi işga ketadi.
www.alamy.com
Öşa tunda Guduni poyezd urib yuboradi va u halok böladi. Saru uyğonib akasini izlay boşlaydi. Heç qayerdan topa olmagaç stansiyada töxtab turgan böş poyezdga çiqadi.
Poyezdni boşidan oxirigaça qidirib akasini topa olmagan Saru qattiq çarçaydi va vagonlardan birining örindiğiga ötirib, uxlab qoladi. Uyğonganida özini boşqa joyda köradi.
Mavzuga oid
Şundan söng Saru uyga qaytiş uçun yana köplab poyezdlarga ötiradi. Ammo ularning birontasi uni Burhonpurga olib bormaydi, aksinça tobora uzoqlaşib ketaveradi.
Şu tariqa u yaşagan şaharçasidan 2 ming kilometr uzoqlikda joylaşgan Kalkutta şahriga borib qoladi. Kalkuttada asosan bengallar yaşaydi. Ona tili hindi bölgan Saru bu şaharda notaniş tilda sözlaşuvçi odamlar orasiga tuşib qolib juda qiynaladi.
www.alamy.com
Saru Kalkuttada daydiga aylanadi va qornini töqlaş uçun tilançilik qiladi. Gohida majbur bölib yegulik öğirlaydi. Ana şunday holatda yurganida köçada örta yoşdagi ayollardan biri unga mehribonlik körsatadi.
Ayol bolani uyiga olib borib ovqat beradi va boşqa bir ayol bilan taniştirişini, u Saruga uyini topişda yordam berişini aytadi. Ayol kelgaç Saru ular bolalarning içki a’zolarini sotiş bilan şuğullanadigan jinoiy guruh a’zolari ekanini biladi va u yerdan qoçib ketadi.
Oradan biroz ötib Saru politsiya qöliga tuşib qoladi. Politsiya yaşaş manzilini söraganda u mahallasining nomini aytadi. Ammo politsiyaçilar bola aytgan mahallani aholi manzillari yozilgan röyxatdan topa olişmaydi. Sarudan yaşaş joyi haqida jöyali javob ololmagaç politsiya uni bolalar uyiga topşirib yuboradi.
Avstraliya sari
Saru bolalar uyida yaşar ekan, u yerga ijtimoiy yordam taşkilotlarida xizmat qiluvçi xorijliklar tez-tez kelib turardi. Ana şulardan biri Sut xonim kunlardan bir kun Saruga örta yoşdagi avstraliyalik er-xotinning rasmini körsatadi. Ular Hindistondan özlariga farzand tanlab oliş uçun murojaat qilişganda Saruning fotosuratini körib, yoqtirib qolişgandi.
Saru rozi bölgaç er-xotin kelib hujjatlarni rasmiylaştirişadi va bolani Avstraliyaga olib ketişadi. Öşanda 1987 yil edi.
Saru Avstraliyadagi oilasiga tez könikadi. U örta maktabda a’lo baholarga öqiydi. Maktabni bitirgaç mehmonxona biznesi böyiça ta’lim ola boşlaydi.
Saruning kursdoşlari orasida hindistonlik talabalar ham bor edi. Kunlardan bir kun ular Saruni mehmonga çaqirişadi. Mezbonlar dasturxonga tortgan taomlar orasida jalebi deb ataluvçi şirinlik ham bor edi.
Ana şu joyda Saru öziga jalebi pişirib bergan onasini va akasini eslaydi va qanday qilib bölsa ham ularni topişga qaror qiladi. Bu paytda 2007 yil, uydan çiqib ketganiga roppa-rosa 20 yil bölgandi.
Saru döstlariga asli Kalkuttadan emasligini, u yerga adaşib borganini aytib beradi. Döstlari unga yaşagan şaharçasini Google Earth xaritasi orqali qidirişni maslahat berişadi.
Tuğilgan manzilni qidirib topiş
Şundan söng Saru tinimsiz ravişda sun’iy yöldoşdan olingan karta orqali yaşagan şaharçasini qidira boşlaydi. U qidiruv davomida poyezdda neça kun yurganini eslab, asosan temiryöllar atrofidagi manzillarni sinçkovlik bilan közdan keçiradi.
U tuğilgan şaharçasini topiş uçun soatlab kompyuter oldida ötiradi. Saru adaşib ketmaslik uçun közdan keçirgan joylarini qayd etib boraveradi.
2011 yilda Saru xaritada Burhonpur deb yozilgan temiryöl stansiyasini körib qoladi. Stansiyadagi va uning atrofidagi binolar taniş edi. Şundan söng stansiya yaqinidagi Xandva şaharçasini közdan keçirayotib Ganeş Talay deb yozilgan manzilda taniş köçalarni körib qoladi.
Şunda u Kalkutta politsiya xodimi yaşaş manzilini söraganda Ganeş Talayni yanglişib Ganeştali deganini va xodim bu manzilni topa olmaganini eslaydi.
2012 yilda Saru Hindistonga kelib, Xandva şaharçasiga boradi va odamlardan 25 yil avval öğlini yöqotgan oila haqida suriştira boşlaydi. Odamlar uni onasining oldiga olib borişadi. Saru onasi, singlisi va akasi Kallu bilan uçraşadi.
Onasining soçlari oqarib, ança keksayib qolgan edi. Ona va bola uzoq vaqt bir-birini bağridan qöyib yubormay közyoş tökişadi. Şundan söng Saru undan akasi Guduni söraydi. Ma’lum bölişiça, öşa keça Guduni poyezd urib yuborgan va halok bölgan ekan.
Onaizor esa bir kunda ikki öğlidan ayrilib, ğamga botib qolgan ekan. Saruning topilganidan barça xursand böladi.
Ana şu yerda Saruning haqiqiy ism-şarifi Şeru Munşiy Xon ekani, Saru ismini unga Kalkuttada qöyişgani va keyinçalik avstraliyalik ota-onasi unga Brayyerli familiyasini berişgani oydinlaşadi.
Maşhurlik, avtobiografik asar va film
Yaqinlarini qidirib topganidan keyin Saruning ajabtovur taqdiri haqida avvaliga Hindistonda, keyin esa dunyodagi közga köringan gazeta va jurnallarda va telekanallarda xabarlar e’lon qilinadi.
www.eveyo.com
Şundan söng Saru köplab intervyular beradi va maşhur odamga aylanadi. Şundan söng Brayyerli boşidan ötkazganlarini yozib, kitob qilib çop ettiradi. Kitobning nomi «Uygaça olis yöl» deb nomlanadi.
2016 yilda avstraliyalik maşhur rejissyor Gart Devis Saruning kitobini öqib qoladi va uni film qiladi. Film ilk bor 2016 yil sentabr oyida Toronto kinofestivalida namoyiş etiladi va tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olinadi.
deadline.com
Film 2016 yil noyabr oyida AQŞ, 2017 yil yanvar oyida Avstraliya kinoteatrlarida namoyiş etila boşlanadi.
Filmda boş rolni «Xarobadan çiqqan millioner» filmidagi roli orqali jahonga tanilgan britaniyalik, kelib çiqişi hind bölgan aktyor Dev Patel öynagan.
Bundan taşqari, Hollivudning maşhur yulduzi Nikol Kidman Saruning onasi rolini ijro etgan. Filmga Saruning haqiqiy ismidan kelib çiqib «Şer» deb nom berilgan.
www.yahoo.com
Film prodyuserlari unga 12 million dollar mablağ sarflaşadi. Film juda qiziqarli çiqqani uçun u tomoşabinlar orasida ança muvaffaqiyat qozonadi va ijodkorlariga 140 million dollar mablağ işlab beradi.