09:20 / 30.08.2022
4998

O‘zbekistonda DXSh asosida IT platformani ishga tushirish rejalashtirilmoqda

TIVda vazirlik markaziy apparati va xorijdagi diplomatiya vakolatxonalar faoliyatiga zamonaviy IT-texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bir guruh yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Soha vakillari o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarni taqdim etib, loyihalar taqdimotini o‘tkazdi.

Interaktiv muloqot davomida TIV markaziy apparati va xorijdagi diplomatik muassasalar faoliyatiga zamonaviy IT texnologiyalarni joriy etish, diplomatiya sohasida, konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, Big Data’ni saqlash va qayta ishlash, AKT sohasidagi xalqaro hamkorlikni faollashtirish muhokama qilindi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida qo‘shma IT platforma yaratish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur platforma asosiy maqsadi o‘zaro fikr va tajriba almashish, shuningdek raqamlashtirish sohasida aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Top