Jahon | 18:48 / 03.10.2022
11142
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat dumasi Ukrainaning to‘rt oblasti Rossiya tarkibiga «kirishi» to‘g‘risidagi shartnomalarni tasdiqladi

30 sentabr kuni Kremlda «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar imzolangandi.

Foto: RIA Novosti

RF davlat dumasi deputatlari Ukrainaning Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya tarkibiga «kirishi» to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihalarini bir ovozdan ma’qulladi

Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim qildi.

«Bu jarayon 2014 yilda Rossiyaga Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri qaytarib olinishi bilan boshlangan rus yerlari birlashishining mantiqiy davomi bo‘ldi», - dedi u.

27 sentabr kuni qisman bosib olingan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarida Rossiya tashkillashtirgan «referendum»lar yakunlandi.

30 sentabr kuni Kremlda «DXR» va «LXR» hamda qisman bosib olingan Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomalar imzolandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid