Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada inflatsiya 83 foizdan oshdi
Turkiyadagi joriy inflatsiya darajasi 1998 yil sentabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Mutaxassislarning fikricha, mamlakatda narxlarning oshishi sabablaridan biri - foiz stavkalarini pasaytirish siyosatidir.
Turkiya Statistika institutining 3 oktyabr, dushanba kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada yillik inflatsiya sentabr oyida 83,45 foizni tashkil etib, yangi cho‘qqisiga chiqdi va uning bir oy davomidagi o‘sishi 3,08 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatda 1998 yil sentabr oyidan beri eng yuqori yillik inflatsiya darajasidir.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining yillik o‘sishi 93 foizni, transport sohasida narxlarning o‘sishi esa 117,66 foizni tashkil etgan. Aloqa va ta’lim sohalarida narxlar o‘tgan yil davomida eng kam darajada oshgan - mos ravishda 30,76 va 36,69 foiz.
Turkiyadagi inflatsiyani bir qancha omillar keltirib chiqarmoqda. Ulardan biri - zaif milliy valuta liradir. Uning joriy kursi Turkiya tomonidan import qilinadigan tovarlarning ichki bozorda yuqori narxlarda taklif qilinishini tushuntiradi.
Narxlarga xalqaro ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq muammolar ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa yarim tayyor mahsulotlar narxining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, narxlarning oshishiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida elektr energiyasi narxi oshishi ham sabab bo‘lmoqda.
Tahlilchilar, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning 2018 yilda boshlangan iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish uchun foiz stavkalarini pasaytirish siyosatini Turkiyada narxlar oshishiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida baholamoqda.
O‘shanda Erdo‘g‘an Markaziy bank rahbarining maslahatiga qarshi bu harakatni amalga oshirdi, bu esa liraning rekord darajada pastga tushishiga hamda materiallar va energiya importiga qaram bo‘lgan mamlakatda xarajatlarning oshishiga olib keldi. O‘shandan beri prezident uchta Markaziy bank rahbarini ishdan bo‘shatdi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
10:40 / 01.06.2026