Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi duşanba kuni 69 yoşli Si Jinpingni uçinçi marta beş yillik muddatga partiya boş kotibi lavozimiga sayladi. U şuningdek Xitoy kompartiyasi markaziy qömitasi harbiy kengaşi raisi lavozimini özida saqlab qoldi.

Si Jinping partiya markaziy qömitasining yangi tarkibi nomidan barçaga bildirilgan işonç uçun minnatdorçilik bildirdi. Öz çiqişi çoğida u şuningdek «yangi yölda yangi çaqiriqlar va yangi sinovlar qarşisida ogoh böliş darkorligi, doimo huşyorlik va ehtiyotkorlikni yöqotmaslik kerakligi»ni ta’kidladi.

Siga qadar, Den Syaopin davridan buyon Xitoyda bu lavozimni ikki martadan ortiq egallaşga çeklov amal qilardi, ammo 2018 yilda hozirgi davlat rahbari taşabbusi bilan bu çeklov bekor qilingandi.

22 oktyabr kuni Xitoyda Kommunistik partiyaning XX milliy qurultoyi yakunlandi, unda partiya siyosiy byurosi (24 kişi) va siyosiy byuroning yetti kişidan iborat markaziy qömitasi a’zolari saylandi. Markaziy qömitaning yangi tarkibidan Siyosiy byuro doimiy qömitasining tört a’zosi örin olmagan. Si Jinping, Li Ketsyan va Van Hunin öz örnini saqlab qolişgan, Li Jangşu, Van Yan, Jao Letszi va Han Jeng siyosiy byuroni tark etişgan. Li Syan, Li Si, Say Si, Din Syuesyan yangi a’zolar bölib kirişgan.

Siyosiy byuroning doimiy qömitasi yangi tarkibining barça a’zolari Si Jinpingning yaqin kişilari hisoblanadi.

«Karnegi fondi» katta tadqiqotçisi Aleksandr Gabuyev siyosiy byuroning yangi tarkibi hamma joyga öz odamlarini joylaştira olgan Sining qudratini namoyiş etadi.

«Şu bilan birga bunday kuçlar nisbati zaiflik haqida ham darak beradi - Si faqat özi nomzodini ilgari surgan odamlargagina işona oladi, Jiang va Hu (mamlakatning oldingi rahbarlari - 1993-2002 yillarda raislik qilgan Jiang Jyemin va 2002-2012 yillardagi rais Hu Jintao) davrida karera qilgan malakali siyosatçilardan esa u «işonçsiz odamlar» sifatida qutulişga şoşildi - holbuki sönggi ön yillikda ular yangi qoidalar böyiça öynaşgan va «partiya yadrosi»ga töliq sodiq ekanliklarini namoyiş etişgandi», deya yozadi Gabuyev öz telegram-kanalida.

Partiya qurultoyi yopilişi arafasida prezidiumda iştirok etayotgan Xitoyning sobiq rahbari Hu Jintao zaldan qöltiqlab olib çiqib ketilgandi.