Pedagoglar malakasini oşirişdagi zaif nuqta haqida
— Özbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlarni qadrlaymiz. Har qanday islohotlarni amalga oşiriş 3 ustunga asoslanadi, deb hisoblasak, Özbekistondagi bu ustunlar – zamonaviy AKT texnologiyalari, öquv dasturlari hamda pedagoglarni tayyorlaş va malakasini oşiriş jarayonlaridir. Bu ustunlarning biri boşqasidan farqli bölsa, butun tizim orqaga ketişi mumkin.
Mamlakatingizda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim töğrisida”gi qonun va yangilangan öquv dasturlari sohani rivojlantirişda muhim dastak vazifasini ötab beradi. Ammo Qaşqadaryo viloyati misolida aytsam, bu jarayonda özim duç kelgan eng asosiy muammo – mamlakatingizda pedagoglar malakasini oşirişda 3 ta parallel tizim bir vaqtda işlaydi. Bular – maktablardagi öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari, tumanlardagi metodistlar va bevosita xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hududiy markazi. Va muammo ham şu yerda paydo bölyapti. Örganişlarim şuni körsatdiki, pedagoglar malakasini oşirişda yuqorida sanalgan tizimlar örtasidagi hamkorlik juda zaif.
“Direktor örinbosarlariga yuklama köp”
— Bevosita ta’lim taşkilotidagi ma’lumotlarni yiğiş bilan şuğullanuvçi içki metodistlar (direktorning öquv işlari böyiça örinbosari va metod kabinet rahbarlari)ga qöyilgan yuklamalar ularning sohadagi yangiliklarni örganişlari va öz ustilarida işlaşlariga tösiq bölyapti.
Şundan kelib çiqib, biz hududlardagi metodistlarga özlari kabi boşqa hamkasblarini öqitişlari uçun qator treninglar taşkil etdik. Afsuski, ayrim maktablardagi öquv işlari böyiça direktor örinbosarlari bu treninglarga qatnaşolmadi. Çunki vaqt topişolmadi.
Nazariy metodlar asosida dars ötayotgan öqituvçilar
— Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hududiy markazida pedagoglar uçun 5 kunlik doimiy treninglar taşkil qilingan.
Bu kabi markazlar sohadagi yangiliklarning eng quyi böğingaça yetib borişida asosiy dastak vazifasini ötaşi lozim. Çunki unda har yili barça öqituvçilar öz bilim va malakalarini oşiradi. Şunday ekan, mamlakatingizda ta’lim islohotlarini yölga qöyişda avvalo bu kabi markazlarning mas’uliyatini oşirişga alohida e’tibor qaratiş lozim.
Çunki pedagogning bilim va salohiyati qançalik kuçli bölmasin, u ön yillab özgarmagan öquv dasturlari va dars rejalari bilan qurollantirilsa, kutilgan samaraga erişilmaydi. Mamlakatingiz ta’lim tizimidagi asosiy muammo ham öqituvçilarning haligaça nazariy metodlarga tayanib dars berayotganida bölyapti. Ya’ni öquvçi darsda beriladigan nazariy bilimlarni özlaştiryapti, biroq uni hayotda qöllaş böyiça bilim va könikmalarga ega bölmayapti.













