Smartfon displeyini 120 dyuymli ekranga aylantiruvchi «aqlli» ko‘zoynaklar taqdim etildi
U xuddi quyosh ko‘zoynaklariga o‘xshab ketadi.
Xitoyning Huawei texnologiya giganti Vision Glass virtual reallik ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Qurilmaning o‘zi g‘ayrioddiy – unda protsessor ham, akkumulyator ham yo‘q, uning ishlashi uchun smartfonga ulanish talab etiladi.
Kompaniya taqdimotiga ko‘ra, Vision Glass - smartfon «ekranini mukammallashtirishga» yordam beruvchi qurilma. Shu bilan birga, u oddiy quyosh ko‘zoynaklariga o‘xshaydi.
Ko‘zoynakning o‘zida faqat dinamiklar va ikkita FullHD OLED displeyi bor. Ular 120 dyuymga teng bo‘lgan yagona tasvirni shakllantiradi. Maksimal yorqinlik - 480 kd/kv.m, rang maydoni qamrovi 90 foizga teng.
Qurilma smartfonga USB-C orqali ulanadi. Ko‘zoynak batareyasining ishlash muddati telefon batareyasi bilan teng.
Xitoyda qurilma dekabr oyida sotuvga chiqariladi. Uning narxi hozircha oshkor etilmadi. Biroq, Vision Glass an’anaviy to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklariga qaraganda ancha arzon bo‘lishi aniq.
Mavzuga oid
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
15:51 / 01.07.2024
GPT-4o bilan ishlaydigan ilk aqlli ko‘zoynak taqdim etildi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023