09:14 / 17.11.2022
5264

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlarning eng katta qismi savdo sohasida ishlayapti

O‘zbekistonda 578 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2022 yil 1 oktabr holatiga respublikada (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 577 994 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni eng ko‘p savdo sohasida qayd etilgan – 177 568 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 96 774 ta hamda 52 291 ta korxona va tashkilotlar ishlayotgan sanoat hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi joy oldi.

Shuningdek, tashish va saqlash sohasida – 52 291 ta, qurilishda esa – 46 162  ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatyapti.

Top