BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi raisi Davron Samatov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan Global Gold Convention 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirda O‘zbekiston investitsiya va eksport salohiyati hamda zargarlik sanoati taraqqiyoti yuzasidan taqdimot uyushtirildi. O‘zbekiston vakillari Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida oltin sanoati rivojlanishi tendensiyasiga bag‘ishlangan muhokamalarda ishtirok etib, xorij tomoniga mamlakatda ushbu sohada olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi vakillari IBMC International, TVT consulting va Stuart and Hamlyn kompaniyalari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishdi. Unda jahon oltin bozori holati va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida Dubaydagi Siroya jewellers kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Kompaniya rahbari R.Jain bilan hamkorlik masalalari, O‘zbekistonga investitsiya kiritish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqishda soliqlar va bojxona tizimi imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat intihosida O‘zbekiston bozorini o‘rganish va investitsiya kiritish imkoniyatlarini tahlil qilish uchun 2023 yilda Siroya jewellers kompaniyasi delegatsiyasining mamlakatga amaliy safarini uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
14:32 / 10.12.2024
BAA O‘zbekistondan yem-xashak import qilishga qiziqish bildirdi
15:32 / 09.12.2024