“Yevropaliklar orasida fransuzlar Özbekistonni köproq taniydi” - Parijda işlayotgan özbekistonlik huquqşunos qiz hikoyasi
|19:47 / 26.11.202226 65314 min
Foto: «Daryo» Foto: «Daryo»
29 yoşli Gulira’no Abdullajonova Fransiyaning Parij şahrida Xalqaro savdo palatasi (ICC) huzuridagi xalqaro arbitraj sudida arbitraj işlari böyiça maslahatçi örinbosari bölib işlaydi. 6 tilda gaplaşa oladigan Gulira’no Parijdagi “Daryo” muxbiri bilan suhbatdahayoti, işdagi muvaffaqiyati va Luvrdagi Özbekiston körgazmasi haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Gulira’no Abdullajonova, 1994 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2016 yili Jahon iqtisodiyoti diplomatiya universitetining Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Rus, fransuz, ingliz, turk va ispan tillarini biladi.
Hozirda Fransiyaning Parij şahrida Xalqaro savdo palatasi (ICC) huzuridagi xalqaro arbitraj sudida arbitraj işlari böyiça maslahatçi örinbosari sifatida işlab kelmoqda.
Özimni qidirişdan töxtamadim
Bolalikdan menda adolat, haqiqatgöylik tuyğulari kuçli bölganligi sababli huquq sohasiga qiziqişim baland edi. Şuning uçun maktabni tamomlagaç, uzoq öylab ötirmasdan Toşkent yuridik kollejiga öqişga kirdim. Biroq huquqşunoslar har kuni nima bilan band bölişi, aniq qaysi yönaliş meni köproq öziga jalb qilişini hamon anglay olmasdim. Bu orada ingliz va ispan tillarini örgandim, kollejda birin-ketin zaruriy bilimlarni ola boşladim. Dunyo keziş, sayohat qiliş, yangiliklarni kaşf qiliş istagi kuçaygani sari uni bevosita yuridik soha bilan boğlaşga qaror qildim hamda 2012 yilda Jahon iqtisodiyoti diplomatiya universitetining Xalqaro huquq fakultetiga öqişga kirişga muvaffaq böldim. Bu orada universitetdagi fidokor va malakali öqituvçilardan çuqur bilimlar va huquq sohasidagi kasblarning xususiyatlarini örgandik. Universitetda ham özimni qidirişda davom etdim, soham böyiça turli yönalişlarda, jumladan, kuçimni jinoyat huquqida ham sinab körib, Toşkentdagi jinoyat sudida amaliyot ötadim.
Fransuz tilini ikkinçi çet tili sifatida örganganman
JIDUda 2-bosqiçda öqib yurganimda xohiş va qiziqişlarimdan kelib çiqib, öqituvçilarim va oilam bilan maslahatlaşgan holda ingliz tilidan söng ikkinçi til sifatida fransuz tilini tanladim. Universitetdagi mohir fransuz öqituvçilari sabab yaxşi bilim oldim. Keyinroq testlarga tayyorgarlik köriş maqsadida xususiy darslarga ham qatnadim. Ammo uşbu tildan asosiy bilimni baribir universitetda örganganman, deya olaman.
Mavzuga oid
Fransiyadagi kelajak tomon yöl
Universitetdagi kurs işlarim sabab xalqaro tijorat va investitsiyalar arbitrajiga qiziqa boşladim. 4-bosqiçda talabalar almaşiş dasturi doirasida Ispaniyadagi 6 oylik kursga yöl oldim. U yerda xalqaro xususiy huquq va tijorat arbitrajini tom ma’noda özim uçun kaşf etdim. Bir semestr davomida Ispaniyaning Madrid şahri yaqinidagi mö’jazgina Kuenka talabalar şaharçasida joylaşgan Universidad de Castilla - La Mança universitetida öqidim. Aynan şu yerda magistraturani çel elda öqiş xohişi paydo böldi va Toşkentga qaytgaç, 5-bosqiçda Ispaniya, Fransiya va Özbekistonning arbitraj sohasidagi qonunçiligini taqqoslab, xalqaro arbitraj böyiça diplom işi yozdim. Bu soha bir davlatdagi biznesning rivojlanişiga ham hissa qöşib katalizator bölişi mumkinligini anglab yetdim. Sohaga qiziqişim kuçayib, magistratura uçun dasturlar qidirişni boşladim. Şu tarzda Fransiyada öqiş uçun Eyfel stipendiyasini yutib olib, Versal universiteti xalqaro tijorat arbitraji yönalişiga magistraturani öqiş uçun keldim. Keyin soham böyiça bilimlarimni kuçaytiriş maqsadida bir neça joylarda, jumladan advokatlik firmasi va xalqaro kompaniyada, xalqaro savdo palatasi arbitraj sudida amaliyot ötadim va hozirgaça xalqaro savdo palatasi arbitraj sudida işlab kelmoqdaman.
Maqsad va orzularga yetiş uçun çellenjlarga tayyor bölişimiz şart
Ota-onam, buva-buvimlar bilim olişni qadrlaşadi va buni bizga ham singdirişgan, bu borada doim bizni qöllab-quvvatlaşgan. Şu sababli Ispaniya yoki Fransiyaga kelganimda ham doimo ruhan men bilan bölişgan. Albatta, oiladan uzoqda böliş qiyin, yaqinlarimdan bir neça ming kilometr masofa ajratib turişi jiddiy sinov, bundan taşqari vatan soğinçi hissi bor. Biroq ba’zan maqsad va orzularga yetiş uçun şunday çellenjlarga tayyor bölişimiz şart. Komfort hududidan çiqiş juda muhim. Çet elda yaşab anglagan yana bir haqiqatim – heç qaçon özimizga nimanidir qila olmayman, deb aytmaslik, çeklov qöymasligimiz kerak. Maqsad qöyib ruhiy tösiqlardan xalos bölsak, mehnat qilsak, hamma niyatlarimiz ijobat böladi.
Özingizni tutişingiz, kiyiniş, sözlaşiş, işdagi madaniyat (etika) juda muhim
Magistraturani bitirgaç, Fransiyada yönalişim böyiça iş topiş va amaliy tajribamni oşirişni maqsad qildim, ammo özim xohlagandek işni topiş qiyin bölgan. Çunki, siz boşqa tilda gaplaşadigan, umuman özgaça fikrlaydigan jamiyatga qöşilasiz. Yuridik bozor öta raqobatbardoş, siz har kuni kimdandir kuçliroq ekanligingizni isbotlaşingiz zarur. Boşida ingliz va fransuz tili mening onam tilim emas, qanday qilib özimni körsata olaman, bu tillarda qanday işlayman, va qanday qilib öz örnimni topaman deb öylanganman. Keyin bu yerda iş topişda asosiysi çuqur bilim ekanligini tuşundim va yuridik tizim, arbitraj haqida öqiş hamda amaliyotda köproq örganişni boşladim.
Har bir sohaning öziga xos kodlari böladi, bilimingizdan taşqari, iş beruvçi şu kodlardan qançalik foydalana olişingizni ham baholaydi. Buni kuzatib örganasiz, çunki sizga heç kim örgatmaydi. Ya’ni özingizni tutişingiz, kiyiniş, sözlaşiş, işdagi madaniyat (etika) juda ham muhim. Töğrisini aytsam, birinçi marta xalqaro tijorat arbitraji anjumaniga borganimda talaba edim va öşa yerda işlaş, amaliyot ötaş yaxşi bölişi va aynan şu yerda iş tajribamni orttiriş haqida öylaganman. Lekin talabgor köp, raqobat kuçli edi. Ammo mana şu qörquvga qaramay, oldinga boraveriş kerak ekan. Mehnatsevarlik va işdagi etika bilan yutuqqa erişiş qiyin emas.
Mahalliy aholi doim nima bilandir band, hatto dam oliş kunlari ham rejali
Fransiyaga kelgaç, nafaqat hayotim, balki fe’l-atvorimda ham ba’zi özgarişlar böldi, lekin bunga 100 foiz boşqa mamlakatga köçib kelganim sabab, deb öylamayman. Qisman yoş ulğayişi, oila qurganim ham rol öynadi. Boşqa tomondan muhitning ham ta’siri bor, albatta. Boisi Fransiyada doimiy izlaniş, katta maqsadlarga yetiş uçun öz ustida tinimsiz işlaş talab etiladi. Arbitraj tizimida yuridik bozor juda harakatçan, çunki bu yerda xalqaro savdo palata va arbitraj sudi bor, umuman, Parijdek şahar, mamlakatdagi inson huquqlari mavzusi xorijliklar uçun doim qiziq bölgan.
Odatlarga kelsak, mahalliy aholi doim nima bilandir band, hatto dam oliş kunlari ham rejali. Şu odat menga ham ötdi. Kunim, ta’tilimni oldindan rejalaştirişga töğri keladi. Bundan taşqari köpçilik soğlom turmuş tarzi tarafdori, sport bilan muntazam şuğullanişadi, ovqatlaniş tartibini nazorat qiladi. Men ham Parijga kelganimdan buyon köp piyoda yuradigan böldim, tirbandliklar köp kuzatilgani sabab, agar masofa unçalik uzoq bölmasa, har doim piyoda yurişni tanlayman. Bu yerda e’tibor bergan bölsangiz avtomobil yöllari tor, piyodalar uçun yölaklar keng, velosipedlar uçun alohida qatnov qismi bor. Umuman, şahar infratuzilmasi piyoda yoki velosipedda yurişga töla imkon beradi. Afsuski, özim hali velosipedda yurişni odat qilmadim. Lekin aksariyat tanişlarim, hattoki yuqori lavozimlardagilar ham doimiy tarzda velosipeddan foydalanadi. Çunki, ular buni birinçi navbatda salomatlik va ekologiya uçun foydali, deb hisoblaydi.
Poytaxtliklar ekologiyaga alohida ahamiyat berişadi va doimo atrof-muhitni toza tutişga harakat qilişadi.
Fransuzlar va özbeklarning öxşaş hamda farqli tomonlari
Fransuzlar biz özbeklar singari kirişimli, tez çiqişib ketişadi, xuşfe’l. Ayni xislatlar uşbu mamlakatda karerani boşlaşda ham muhim omil hisoblanadi. Ammo boşqa tarafdan yevropaliklarda individuallikka intiliş kuçliroq, hayotini faqat özi va eng yaqinlari atrofida qurişni ma’qul körişadi. Biz esa oilamiz, yaqinlarimiz, qöşnilarimiz, döstlarimiz va hatto jamoatçilik fikri asosida ham yaşaymiz. Bizda madaniy tartiblar ança muhimroq.
Madaniyat va qadriyatlardagi öxşaş jihatlar
Albatta fransuzlar va özbeklarning madaniyat va qadriyatlarining asoslari har xil. Şu bilan birga, özbekistonliklarda ham, fransiyaliklarda ham milliylik, an’analari va tarixiy yutuqlar insonga yaşaş, oldinga intiliş uçun kuç beradi. Masalan, men buni tarixni örganayotganimda yoki Özbekiston tarixi haqida öqiyotganimda, vatanimga, tarixiy obidalarimizga borganimda menga ruhan kuç berişidan his qilaman, köplab savollarimga falsafiy javob olaman. Kelib çiqişimiz, uruğ va ildizlarimiz bizga kuç beradi. Biz tariximiz, madaniyatimiz bilan faxrlanamiz. Fransiyaliklar ham xuddi şunday. Ular özining evolyutsiyasi, tarixi bilan faxrlanişadi. Bu borada ikki millat örtasida öxşaşlik bor deb hisoblayman.
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
«Fransiyada qayerdan kelganligimni aytganimda, darrov Samarqandni eslaşadi»
Yevropa aholisi orasida fransiyaliklar Özbekistonga qiziqiş borasida ilğor, deb öylayman. Sababi aksariyat aholi Özbekiston haqida biladi, qayerdan kelganligimni aytganimda, darrov Samarqandni eslaşadi. Ammo ularning orasida «men körib turgan ilk özbekistonlik sizsiz», deydiganlar ham talaygina. Bu esa qandaydir ma’noda mas’uliyat yuklaydi. Çunki, ular uçratgan ilk özbekistonlik men bölsam, xalqimizga aynan menga qarab baho berişadi. Şuning uçun mas’uliyat ikki karra oşadi. Bir misol, magistraturaga endi kelganimda talabalarning har birida texnik raqam bölişi kerakligini aytişgan. Raqam talabaning davlatiga xos tanlangan böladi. Lekin men Özbekistondan kelgan ilk talaba bölganman va ularda bunday raqam bölmagani sabab qöşnilarimizdan biriga tegişli raqamni berişlari mumkinligini aytişgan. Men, albatta, yöq deganman. Şunda tez orada Özbekiston uçun ham raqam joriy qilişlarini aytişgan. Hozir esa Özbekiston va Fransiya munosabatlari ança rivojlangan, sönggi vaqtlarda yangiliklarda ham hamkorlik ortayotgani, fransuz kompaniyalari Özbekiston bozorida köpayotgani haqida tez-tez öqiyman. Bundan albatta quvonaman va özim işlayotgan sohada ham ayni turdagi hamkorliklar yölga qöyilişini istagan bölardim, hozirda şunday maqsadga qarab harakatlanyapman.
«Prezidentning özi bunday yirik madaniy voqeaga qiziqiş bildirib, şaxsan taşrif buyurişi esa biz, çet eldagi özbeklarni ruhlantirdi, kuç berdi»
Fransiyaliklarning hayotida madaniy hordiq katta örin tutadi, ular muntazam ravişda turli madaniy tadbirlar, taqdimot, körgazma, teatrlarga borişadi. Şunday ekan, Parijda Özbekistonga bağişlab taşkil etilgan 2 ta körgazma şaxsan men uçun fenomenal yangilik böldi. Ularga tayyorgarlik körilayotgani haqida ança oldin yangiliklarda öqib, sabrsizlik bilan kutayotgan edim. Mahalliy aholi buni yuqori baholaşiga işonaman. Çunki, ular madaniyat, tarixga qattiq qiziqişadi. Hamkasblarimga körgazmalarimiz bölişi haqida aytganimda xursand bölib, qiziqiş bildirişdi, yaqin orada borişlariga işonaman, balki birga borarmiz. Biz özbeklar uçun Fransiyada özbek madaniyati haqida gapirilişi juda muhim. Xorijliklar Samarqand, Özbekiston haqida bilişi, çiroyli göşalar ekanligini aytişi mumkin, lekin mamlakat tarixi, davlatçiligi, madaniyati qançalik boy ekanligini keng körsatişda körgazmalar öta muhim. Ularda şaxsan davlat rahbarlari iştirok etişi esa madaniy tadbirga ikki mamlakatning e’tibori darajasini belgilaydi. Bu nafaqat Fransiya, balki butun Yevropada özbek madaniyatiga nisbatan qiziqişni uyğotadi. Taşrif madaniy diplomatiyaning qançalik muhimligini körsatibgina qolmay, aloqalarni nafaqat madaniy, balki siyosiy, biznes jihatidan rivojlantirişga ham turtki beradi. Menimça, munosabatlar qança madaniy jihatdan rivojlantirilsa, şunça siyosiy jihatdan ham rivojlanişi uçun yöl oçiladi.
Özbekistonning dunyoga körsatadigan yutuqlari va aytadigan gapi köp. Prezidentning özi bunday yirik madaniy voqeaga qiziqiş bildirib, şaxsan taşrif buyurişi esa biz, çet eldagi özbekistonliklarni ruhlantirdi, kuç berdi. Dunyoga körsatadigan jihatlarimiz, aytadigan gapimiz borligini isbotlaydi. Fransiyaliklar Özbekiston haqidagi körgazmaga borsa, özbek madaniyati haqida köproq bilib, qiziqsa ğururlanamiz. Özbekistonda qanday qadriyat, madaniy boyliklar bor ekanligini mahalliy aholi töliq bilmaydi. Misol uçun mendan özbek tili qanday til ekanligi haqida savollar berişadi. Menimça, özligimiz, milliyligimiz, tariximizni avaylab-asrab, ommaga namoyiş eta olişimizni xalqaro maydonlarda bildiriş muhim.