Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Finlandiyaga 320 million dollarlik raketalar sotadi
Finlandiyaga 90 ga yaqin zamonaviy raketalarni yetkazib berish endi AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
AQSh Davlat departamenti Finlandiyaga 323 million dollar (319 million yevro) miqdorida raketalar va turli xil qurollar sotishni ma’qulladi. Bu haqda 28 noyabr, dushanba kuni AQSh Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi (DSCA) saytida ma’lum qilindi.
Endi bo‘lajak kelishuv Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yetkazib berishlar orasida 40 dona AIM-9X Sidewinder Block II qisqa masofali boshqariladigan raketalar, ular uchun to‘rtta taktik boshqaruv bloki, 48 ta AGM-154 JSOW taktik raketalari, shuningdek, turli o‘quv va qo‘llab-quvvatlash uskunalari, ehtiyot qismlari bor.
Pentagonning ta’kidlashicha, ehtimoliy sotuv «AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizligini qo‘llab-quvvatlaydi», Finlandiyani "havo-havo" va "havo-yer" sinfidagi qurollar bilan kuchaytiradi, shuningdek, AQShning Skandinaviya mamlakatlari bilan munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi.
«Finlandiyaga kuchli va tayyor, o‘z mudofaa qobiliyatini rivojlantirish =amda qo‘llab-quvvatlashga yordam berish AQSh milliy manfaatlari uchun juda muhim», deyiladi idora bayonotida va ehtimoliy sotuv «mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligini» ta’kidladi.
Qurol sotuvi haqidagi e’lon Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida paydo bo‘ldi, bu Finlandiya va Shvetsiyani neytral mavqedan voz kechib, NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishga undadi, deb yozadi AFP.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026