Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbarlik qurilishlarda kadrlar yetishmovchiligini kuchaytirdi
Rossiya qurilish sanoatida ishchi kuchi yetishmasligi 25 foizga yetishi mumkin, deb yozadi «Kommersant» ekspertlarga tayanib. Qiyinchiliklar pandemiya tufayli boshlandi va Ukrainadagi urushga safarbarlik vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Rossiyada e’lon qilingan safarbarlik koronavirus pandemiyasi natijasida boshlangan qurilish sanoatidagi qiyinchiliklarni yanada kuchaytirdi. Bu qurilishda besh yillik rekord darajadagi ishchi kuchi yetishmasligiga olib keldi: hozir sanoatda zarur ishchilar sonining deyarli 25 foizi yetishmaydi, deb yozadi 28 noyabr, dushanba kuni «Kommersant» Infratuzilma kompaniyalari milliy assotsiatsiyasi (NAIK) va Sherpa Group so‘roviga tayanib.
Ilgari kuzatilgan ishchilar taqchilligi 2022 yilda geosiyosiy omil va safarbarlik tufayli yomonlashdi, deya nashr Sherpa Group bosh direktori Aleksandra Galaktionovaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda, u qurilish ishchilarining taqchilligini 20-25 foizga baholamoqda.
"Vizavi Konsalt" ishga qabul qilish agentligining "Qurilish va development" amaliyoti bo‘yicha eksperti Natalya Trubchaninovaning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyalarida safarbar etilganlarning ulushi 7-8 foizni tashkil etgan, yana 2-3 foizi esa o‘z hududlariga qaytgan yoki Rossiyani tark etgan. Trubchaninovaning fikricha, qurilish sohasida kadrlar tanqisligi kamida 12-15 foizni tashkil etadi, bu oxirgi besh yil davomida kuzatilmagan.
Ayniqsa, malakali muhandislar yetishmaydi, deya tushuntirdi «Smart Injinirs» bosh direktori Husayn Pliyev. Uning fikricha, yaqin kelajakda yuqori malakali mutaxassislar yetishmovchiligini to‘ldirishning iloji bo‘lmaydi, chunki mavjud ta’lim tizimi kerakli miqdordagi muhandislar bilan ta’minlamaydi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025